1. Texnologik jarayon tuzilishi


Mashina detallariga ishlov berish turlari



Yüklə 266,48 Kb.
səhifə2/8
tarix08.06.2023
ölçüsü266,48 Kb.
#126712
1   2   3   4   5   6   7   8
1-9

2.Mashina detallariga ishlov berish turlari
Texnologik jarayon material yoki xomashyodan tayyor
mahsulot olish maqsadida ulaming shaklini, o‘lchamlarini va
xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket
o‘zgartirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish
jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi
davrlardan iborat bo‘ladi:
1) xomashyo tayyorlash - quyish, bolg‘alash, shtamplash
yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov
berish;
2) mashina detallarini yakuniy shakl va oichamlarga
keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish;
3) yig‘ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlanii hosil
qiiish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ulami konservatsiya
qiiish.
Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlurning
barcha amallarida texnik nazorat o‘tkaziladi. Texnik nazorat
o‘tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga
javob bera olishini tekshirishdan iborat.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va
mehnat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar
asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali,
ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy
xarakterdagi (kelgusida qo‘llaniluvchi), marshrutli, amal uchun
va marshrutli- amalli bo‘lishi mumkin.

3.Mashinasozlik texnologiyasining Respublik xalq xojaligidagi tutgan orni


Mashinasozlik xalq xo‘jaligining eng asosiy tarmoqlaridan hi-
soblanib, sanoatning boshqa tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, energe-
tika, transport va hokazolaming rivojlanish darajasi va sur’atini
bclgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining barcha bosqichlanda
mashinasozlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelin-
moqda. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Mashinasozlik
majmuasida, chetdan xomashyo, butlovchi qismlaming kiritilishiga
yuqori darajada b o g iiq tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini
qisqartirmagan holda. mahalliy xomashyoni chuqur qayta
ishlaydigan mashinalar va niexanizmlar, yengil va oziq-ovqat
sanoati uchun texnologik jihozlar chiqarilishini ta’minlovchi
moddiy asosni kengaytirish vazifasi qo‘yiladi».
Mashinasozlik ishlab chiqarishning tezkor rivojlanishini, mashi­
nalar tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni ilmiy hal etishni taqozo
etdi, bu esa mashinasozlik texnologiyasi to ‘g ‘risidagi fanning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Mashinasozlik texnologiyasi mashinani
talab etilgan sifatda ishlab chiqarish dasturiga ko‘ra, belgilangan
iniqdorda va o ‘matilgan muddatlarda, eng kichik tannarxda tayyor­
lash to‘g‘risidagi fandir.
Materiallarga kesish orqali ishlov berish tarixi qadim zamonlar
da boshlangan: eng sodda moslamalarda tayyorlamaning aylanishi
q o id a, ishlov berish kremniyli keskich yordamida bajarilgan. XII
asrda esa qo‘lda harakatlanadigan birinchi tokarli va parmalash
dastgohlari paydo bo‘ldi va ularning ishlash tamoyillari, asosan,
hozirda qo‘llanilayotganlariga rnos keladi. Mashinasozlik texnolo­
giyasi masalalari bo'yicha ilmiy ishlar mashinasozlik ithiab
chiqarishi rivojlanishining boshlanishi bilan paydo bo ldi, bu
ishlarda ishlab chiqarish tajribalari umumlashtirildi. 1804-yil V.M.
Severgin jarayonlar to‘g‘risidagi asosiy tushinchalami shakllan-
tirdi. XIX asrdagi xorijiy olim-texnologlardan K. Karmerni alohida
ko‘rsatib o‘tish mumkin. U «Texnologiyani mexanik o‘qishga
kirish». «Mexanik texnologiya asoslari», «Mexanik texnologiya
bo'yicha ma’lumotnoma» kabi kitoblarni nashr ettirgan.

3-bilet
1.Mashinasozlikda aniqlik


Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi.
Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud:
A. «Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o’lchash») usuli.
B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli.

Yüklə 266,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin