1. Texnologik jarayon tuzilishi


A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli



Yüklə 266,48 Kb.
səhifə8/8
tarix08.06.2023
ölçüsü266,48 Kb.
#126712
1   2   3   4   5   6   7   8
1-9

A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi.
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli
Bu usul sozlangan dastgohlarda amalga oshiriladi va birinchi usulga xos bо’lgan kamchiliklardan ancha xolisdir.
«O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga ishlov berishda dastgohlar avvalam bor shunday sozlanishi kerakki, tanavordan talab еtilgan aniqlikka avtomatik ravishda еrishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va diqqat-е’tiboriga bog’liq bо’lmasin.
Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy (kо’plab) ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi.
Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо’llansa tejamkorlik jixatdan yaxshi natijalar bermaydi va о’zini qoplay olmaydi, chunki partiyadagi detallar soni juda ham kam bо’lganligi sababli maxsus dastgohlarni, moslama va asboblarni, shuningdek sozlash jarayonlarini qо’llash о’zini qoplay olmaydi, tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо’ladi; jiddiy texnologik tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish va puxta sozlash sxemalarini qо’llash mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilmaydi.
Ко’rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida о’ziga xos har-xil sabablarga kо’ra paydo bо’luvchi sistematik va tasodifiy ishlov berish xatoliklari kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir.
3.O’lchagich va kesgich asboblarini tanlash.
Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar
yordamida metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov
berishda ishlov o‘tayotgan zagotovkaning ma’lum qalinlikdagi qatla- mi
(qo'yilma, припуск) kesib ajratiladi va qirindiga aylantiriladi. Bunda kesib
olinayotgan metall kesish jarayonida plastik deformatsiyalanadi va yemiriladi.
Detallar ta’sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olishi uchun
mashinasozlikda qo‘llaniladigan konstruksion metallardan tayyorla- nadi.
Bunday metall va qotishmalar (po‘lat, cho'yan, jez, bronza, alu- miniy
qotishmalari va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struk- tura holatiga
bog‘liq bo‘lgan turli mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko‘rsatkichlar
majmuasi konstruksion materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi.
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqamli Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).

Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.

9-bilet
1. Aniqlik baholash uchun nuqtali diagrammalarni qurish usullari


Nuqtali diagrammalar

Statistik nazorat uchun nazorat diagrammasi
Aniqlikni tekshirishning boshqa usuli nuqtali diagrammalar qurishga asoslangan. Gorizontal o’qi bo’yicha, stanokdan qaysi tartibda tayyor bo’lib chiqsa shu tartibda ishlanuvchi detallarning tartib nomerlari belgilab qo’yiladi, vertikal o’qi bo’yicha esa nuqtalar ko’rinishida detallarni o’lchash natijalari belgilab boriladi.
Bunga o’xshash diagrammalarni hox bir detal uchun hox ketma-ket ishlanuvchi partiya detallari uchun qurish mumkin (7.8, a-rasm).
Shunga o’xshash diagrammalar uzunligini qisqartirish mumkin, agarda, gorizontal o’qi bo’yicha detallarning tartib nomerini emas balki detallar guruhlari nomerlarini belgilasak, shuningdek bu guruhlardagi detallarning soni ham stanoklardan tushirilish tartibida bir xilda bo’ladi (7.8, b-rasm).
7.8, v-shaklda, vertikal o’qi bo’yicha har bir guruhga kiruvchi detallar o’lchamlarining o’rtacha arifmetik qiymati belgilangan diagramma ko’rsatilgan. Bu anglab olish ancha yaxshi bo’ladi.
7.8, v-shakldan, keskich eyilishini uzluksiz o’tishi va stanokni periodik sozlanishi natijasida o’lchamlar o’zgarishlarining periodikligi yaqqol ko’zga ko’rinib turibdi. Nuqtali diagrammalar xususiyatini, sanoatda mahsulotlarni statistik nazorat qilish usulini qo’llashning rivojlanishiga bog’liq holda batafsil o’rganila boshlandi.
Bu usulning mohiyati shu xulosaga olib keladiki, ya’ni berilgan mahsulotni tayyorlash jarayonida periodik ravishda soni ikkitadan o’ntagacha bo’lgan detallar olinadi.

2. Mexanik ishlov berishdan keying mashina detallarini yuza sifati


Yuza sifati quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: a)
ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati; b) ishlov
berish usuli (yo'nish. randalash, jilvirlash);
v) materialni kesib ishlash ma’romlari (kesish tezligi, kesish
chuqurligi, uzatishlar miqdori);
g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi; d) kesuvchi
asbobning geometrik parametrlari;
e) kesuvchi asbob materiali;
j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini
qoilash;
Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim
ahamiyatga ega. Shunday qilib detaining yemirilishga
chidamliligi uning yuzasini sifatiga bogiiq. Sifat o‘z navbatida
makrogeometriya, toiqinsimonlik va g^adir-budirlik bilan
xarakterlanadi.
Agarda detal yuzasi makronotekis va toiqinsimon boisa
yemirilish ham notekis bo‘ladi. Bunday hollarda awal ko tarilib
chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda yuza g‘adir-budirligi
katta boisa yuqoridagi jarayon yanada intensivlashadi.
Qo‘zg‘almas birikmalarni sifati. Bu birikmalar sifatli
ishlashi va yemirilishga chidamli boiishi uchun ulaming
detallarini yuzalari yuqori tozalikka ega boiishi kerak.
Detalnining mustahkamligi. Yuzaning sifati Detalning
mustahkamligini bevosita belgilovchi omil. Yuza g‘adir-
budirligi kichik bo‘Isa materiallami charchash mustahkamligini
oshiradi va mikroyoriqchalar hosil boiish jarayonini susaytiradi,
Qoldiq kuchlanishlarni ta’sirini kamaytiradi.
Korroziyaga qarshilik. Detallarda korroziya turli gazlar
suyuqliklar va atmosfera ta’sirida sodir boiadi. Detal yuzasi
qancha g‘adir-budir boisa shu oraliqlarga yuqoridagi jinslar
ko‘p miqdorda kirib olib korroziyani tezlashtiradi.
3.Turli operatsiyalar uchun kesish rejimlarini tanlash.
Kesish rejimlari quyidagi tartibda tayinlanadi.
1. Bir asboblidagi uslub kabi har bir asbob uchun kesish chuqurligi va surish miqdori o’rnatiladi.
2. Asboblarning har bir bloki uchun me’yorlar bo’yicha eng kichik (limitlovchi) surish miqdori aniqlanadi. U qora rejimlarda: dastgohning surish mexanizmini mustahkamligi, bloki asboblarining birini mustahkamligi yoki ishlanuvchi tanavorning mustahkamligi bilan, toza rejimlarda esa sirt g’adir- budirligi bilan cheklangan bo’ladi.
3. Topilgan limitlovchi surish dastgohning pasportida berilganlari bilan qiyoslab, unga mosi o’rnatiladi va agar kerak bo’lsa tuzatish kiritiladi.
4. Tezligi bo’yicha limitlanuvchi asbobni aniqlab, kesish tezligi hisoblanadi, ya’ni o’sha asbob, jihozlardan alohida ishlagan chog’ida eng kichik kesish rejimi talab etilgani bo’lsa.
Mexanik xossalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar, xususan, qattiqlik va
mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi asbobga
ko'rsatadigan qarshiligi ham o‘sadi. Shu sababdan bu ko‘rsatkichlar kesish
rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi.
Yüklə 266,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin