3.2. Buyumni payvandlash texnologik jarayonini nazorati
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqarish jarayonida nazorat katta ahamiyatga ega. Qurilmalarning apparaturasi, moslamalarning, asboblarning va kerak yarog’larning holati, shuningdek, payvandlash operasiyasining bajarilib borishi, har bir payvandchi malakasini davriy ravishda kuzatish payvandlashdagi nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashga va ularning paydo bo’lishi sabablarini bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rishga imkon beradi.
Payvand buyumlarni tayyorlash texologiyasini nazorat qilish o’z ichiga payvandlashga tayyorlangan zagotovkalarni, payvandlash moslamalarining sozligini, buyumlarni payvandlashga yig’ishni, payvandlash materiallarining holatini, payvandlash qurilmasini, va payvandlashda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilinishini tekshirishni oladi.Payvandlashga tayyorlangan zagotovkalarda ularning shakli, o’lchamlari va bo’linish geometriyasi, shuningdek ularning sirtlarida iflosliklar, zang va namlik yo’qligi tekshiriladi.
Payvandlash moslamalarida siquvchi qurilmalarning sozligi, o’rnatuvchi sirtlarning yaroqliligi, shuningdek flyusli, mis yoki burchakli ostqo’ymalar va issiqlikni eltuvchi elementlarning yaroqliligi nazorat qilinadi.Yig’ilgan uzellarda asosiy gabarit o’lchamlar, ulanish joylardagi oraliqlar va payvandlanayotgan uchlarning siljish kattaligi, tutqichlarning sifati va chok chiquvchi plankalarning mavjudligi tekshiriladi.
Payvandlash rejimi (tartibi) birinchi navbatda tok, kuchlanish va belgilangan chegaralarda payvandlash tezligi bo’yicha nazorat qilinadi. Nazorat asboblarga qarab va payvand chokining tashqi ko’rinishiga ko’ra olib boriladi. Ma’sul konstruksiyalarni tayyorlashda va seriyalab (yalpi) ishlab chiqarishda rejim parametrlari o’zi yozar asboblar yordamida uzluksiz yozib boriladi.
Bir qator hollarda, masalan, katta diametrli quvuro’tkazgichlarni kontaktli uchmauch payvandlashda payvandlash rejimi qiymatlariga qarab (kuchlanish, bosim, tutib turish vaqti va sh.k.) birikma sifati to’g’risida umumiy xulosa chiqariladi. Masalan, plastmas quvuro’tkazgichlarni payvandlaydigan zamonaviy xorijiy apparatlar (Widos) payvandlash operasiyasini bajarib bo’lib, undan so’ng payvand birikmasining sifati xaqida bayonnomani ham o’zi chiqarib beradi. Montaj davrida bu juda katta qulaylik vazifasini o’taydi.
Texnologik jarayonning borishi to’g’risida operasion nazoratni mazkur uchastka, sex, korxona ishi uchun ma’sul bo’lgan texnologlar, ustalar va boshqa injener-texnik hodimlar amalga oshiradilar.
Operasion nazoratda umuman payvand buyumlarni tayyorlash ketma-ketligi va rejimlariga qat’iy amal qilinishiga e’tibor berish zarur, chunki konstruksiyaning ayrim elementlari yoki detallarining payvand birikmalarini sifatli bajarish, buyumning yuqori sifatigahali kafolat bermaydi.
Buyumlarni payvandlashga tayyorlashni va payvandlash jarayonini sinchiklab reja asosida nazorat qilish payvandchilarning tayyorgarlik darajasini tekshirmasdan turib, samarli bo’lmaydi. Bir qator ishlab chiqarishlar uchun (masalan,montaj qilish vaqtida quvurlarni payvandlash) braklarning 70% dan ortig’i payvandchilarning aybi bilan vujudga keladi, degan xulosaga olib keldi. Shuning uchun konstruksiyalarni tayyorlashning texnologik jarayonining barcha bosqichlarida ularning malakasini bilish kerak.Buning uchun tibbiy, fiziologik va malakaga oid ko’rsatkichlarni tekshirib turish lozim. Dastavval, payvandchilarning malakasini ularni ma’lum bir payvandlash ishlarini bajarishga ruxsat berishdan oldin hisobga olish zarur. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida payvandchilar takroriy sinovlardan davriy ravishda o’tkazib turilishi kerak.
Payvandchilarning malakasini tekshirish uchun korxona ma’muriyati zarur xollarda Sanoat xavfsizligi Davlat inspeksiyasi noziri ishtirokida malakani tekshirish komissiyasini tashkil etadi. Sinovlar tegishli buyum namunalarini payvandlashga kirishgan holda payvandlash ishlari nazariyasi va amaliyoti bo’yicha o’tkaziladi. Bunda namunalar xuddi haqiqiy buyum kabi, o’shanday sharoitda va fazoviy holatda payvandlanadi. Payvandlangan namunalar tashqi ko’rikdan so’ng buzmaydigan nazoratning tegishli usullari bilan tekshiriladi, shuningdek mexanik sinovlardan ham o’tkaziladi va payvandchi malakasi xaqida xulosa beriladi.
Dostları ilə paylaş: |