4. Xayot faoliyati xavfsizligi Xayot faoliyati xavfsizligi bulimi Inson o’z mehnatini mukammallashtirish va uning unumdorligini oshirish maqsadada mehnat qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to’xtovsiz ravishda o’zgartirib boradi. Buning natijasida u doimiy ravishda yuzaga chiqadigan yangi zararli va xavfli omillar ta’siriostiga tushib turadi. Bu holat ayniqsa hozirda, insoniyat XXI asrga qadam qo’yganda dolzarbmuammoga aylandi. Xalq xo’jaligining turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalarning qo’llanilishi natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar,nevroz holatlari, kasb kasalliklari ko’paydi, avariya va falokatlar sodir bo’lishi ortdi. Bular o’znavbatida ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini oshiradi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari quyidagilarga bo’linishi mumkin: tashkiliy, texnik, sanitar gigiyenik, tabiiy-iqlimiy va iqtisodiy.
Zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishningasosiy yo’llari Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlari kuyidagilarni: mos texnologiyani, ish tartibini, chiqarish vositalaridan foydalanishni, kulay ish sharoitlarini, xom ashyolarni, yarim mahsulotlarni, ish o’rinlarini tashkil qilishni va jihozlardan, himoya vositalaridan oqilonafoydalanish, xavfsizlik talablarini bajarish, kasbiga qarab tanlov o’tkazish va ishchilarni o’qitish, texnik-me’yoriy hujjatlarga xavfsizlik vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Ish xonalari, qurilish me’yori va qoidalariga (QMQ) mos kelishi kerak, xonalar va ishjoylarida xavfli va zararli ta’sirlar darajasi me’yoriy ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasligi shart.Ishlab chiqarish maydonlari QMQ talablariga va davlat nazorat tashkilotlari tasdiqlagan qoidalarga javob berishi zarur. Ishlab chiqarish jihozlari GOST 12.2.003-94 ga, QMQ va texnologik loyihalash me’yoriga mos kelishi hamda ish joylari yetarli yoritilgan bo’lishi shart.