Sanitariya me’yorlari va qoidalari Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlab chiqarish korxonalari territoriyalarining holatini yaxshisaqlash, sanitariya-obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyasiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiyhimoyalanish vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarining oldini olish, xizmatchilar sog’lig’ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog’lik bo’lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Ishlab chiqarish obyektlariga qo’yiladigan umumiy talablar
Ishlab chiqarish binolari texnologik jarayon talablariga va uskunalarning tashqi o’lchamlariga asoslangan holda quriladi. SM 245-92 qurilish me’yorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15 m3 hajmda, 4,5 m2 yuzaga teng bo’lgan xona to’g’ri kelgan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarining polidan shipigacha bo’lgan balandlik 3,2 m, transport-omborxona xo’jaligining balandligi 3,0-3,2 m va odam yuradigan yo’lak kengligi 0,3-1,5 m bo’lishi shart.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o’tish davrlarida (tashqi havoning) o’rtacha kundalik harorati-10 °S dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida birmuncha katta raqamlarda o’zgarib turishi, yilning issiq paytida esa sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo’lgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha bo’lishini ko’zda tutadi. Bu tashqi muhitining issiq bo’lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo’qotishni qiyinligi bilan bog’liq.
Zaharlarning inson organizmiga ta’sir etish yo’llari va oqibati Ishlab chiqarishda zaharlarning organizmga asosiy tushish yo’llari va teri qoplamalaridir, me’da-ichak yo’llari orqali tushishi kamroq ahamiyatga ega. Kamdan-kam hollarda zaharlar terining shikastlangan qismlari orqali kiradi. Masalan, simobli o’lchov asboblari ishlab chiqarish jarayonida ko’l terisiga shikast yetganda simobning teri ostiga tushishi ehtimol.
Ishlab chiqarishda zaharlanishning ko’pchilik qismi zaharli gazlar, bug’lar, tuman, aerozollar bilan nafas olish natijasida paydo bo’ladi. Bunga o’pka to’qimasi sathining kattaligi, zaharning qonga tez tushishi va zaharning nafas bilan olinadigan havodan turli organlar va tizimlarga o’tish yo’lida qo’shimcha to’siqlar yo’qligi sabab bo’ladi.