1. Texnologik qismi


-rasm. Ximoya gaz muxitida payvandlash chizmasi: 2 - rasm



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə5/21
tarix20.11.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#164437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Asat lotin (2)

3-rasm. Ximoya gaz muxitida payvandlash chizmasi:
2 - rasm. Karbonat angidrid gazi muxitida elektr yoy yordamida payvandlash jarayoni tuzilishi:
1 – tok manbai; 2 – gorelka; 3 – elektrod sim uzatish mexanizmi; 4 – rotametr; 5 – reduktor; 6 – gaz balloni.
1.5. Kam legirlangan po’latlarni payvandlash xususiyatlari
Sig’im korpusini tayyorlash uchun kam legirlangan konstruksion po’lat –10XСНД markali po’lat tanlangan.
Kam legirlangan pulatlarni payvandlashda bir qancha shart-sharoitlarni hisobga olish zarur, chunonchi:
1. Tarkibidagi utlerod miqdori 0,2% dan ortiq bo’lganida toblanishga moyilligi. Toblanishga moynl bo’lsa, toblanuvchan mo’rt zonalar hamda qoldiq kuchlanishlar ta’snridan darz yoriqlar vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham buyum konstruksiyasi va payvandlash jarayoni qoldiq kuchlanishdan iloji boricha kam paydo bo’lishini ta’miniashi kerak.
2. Bir joyda tuplangan kuchlanishlarning chok sifatiga yuqorn darajada ta’sir qilishi. Shu sababli choklarda g’ovaklar, chala payvandlangan joylar, shlakli qo’shilmalar, kesiklar va boshqa nuqsonlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Choklarni salgina kuchaytirib yoki kuchaytirmasdan,eritib yopishtirilgan metall yuzasidan asosiy metallga bir tekisda o’tadigan qilib ishlash kerak. Bu o’zgaruvchan va vibrasion nagruzkalarda ishlaydigan konstruksiyalar uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
3. Keyinchalik to’la payvandlab bo’lmaydigan cha timlarishlatishga yo’l qo’yilmaydi. Chunki chatimlar yaqinida toblanish zonalari vujudga keladi. Nagruzka ta’sir qilganda anashu joylarda kuchlanishlarning to’planib qolishi oqibatida darz-yoriqlar paydo bo’ladi.
4. Xuddi shu sababga ko’ra nuqsonli joylarni kaltachoklar yoki kichik kesimli choklar yordamida qayta payvandlab bo’lmaydi. Nuqsonli yerlarni butun qalinligi baravari, kamida 100 mm uzunlikdagi ikki qatlamli chok hosil qilib payvandlash kerak. Metallning sovitish tezligi hamda toblanish darajasini kamaytnrish uchun nuqsonli uchastka payvandlash oldidan gorelka bilan 200°S gacha qizdiriladi.
Chok metalining sovish tezligini kamaytirish uchun uchma-uch va yonlama birikmalardan foydalanish kerak. Chunki tavr shaklida va chetlari ustma-ust qo’yib payvandlangan birikmalar tez soviydi. Berk (bikr) konturli choklari bor birikmalar harakat qilishi kerak. Bordi-yu ana shunday birikmalar tayyorlash zarur bo’lsa, uni qizdirish sekin sovitish choralarini ko’rib qisqa uchastkalarga bo’lib payvandlanadi. Qalinligi 6 mm gacha bo’lgan metallning uchma-uch birik-malari hamda kateti 7 mm gacha bo’lgan valikla choklar birqatlam hosil qilib (bir o’tishda) payvandlanadi. Buning natijasida sovish tezligi kamayadi. Nisbatan qalin metall uzun uchastkalarga bo’linib bir necha qatlam hosil qilibpayvandlanadi. Har qaysi qatlam qalinligi elektrodning 0,8 - 1,2 diametrini tashkil etishi kerak. Chokning ustigayumshatuvchi valik yotqiziladi, Bu valikning chetlari asosiymetallning erish chegarasidan 2 - 3 mm narida joylashishi kerak. Yumshatuvchi valik avvalgi qatlamning temperaturasi 200°C ga yaqin bo’lganda yotqiziladi. Qalinligi 40 - 45 mm gacha bo’lgan metall, tepacha" yoki kaskad" usulida ko’p qatlamli chok hosil qilib payvandlanadi. Uchastkalar uzunligi (300-350 mm) navbatdagi qatlamni yotqizishda oldingi qatlam 200°S dan past temperaturagacha sovimaydigan qilib tanlanadi.
Agarda po’lat toblannshga moynl uni qattiq sovuqda payvandlashga to’g’rn, kelsa, birinchn qatlam hosil oldin payvandlanadigan joy gorelka yoki induktor bilan 200-250°C ga qadar qizdiriladi. Payvandlab bo’lgandan keynn ta’sir zonasndagi qattiqligi Brinell buyncha 250 va bundan ortiqroq birlikni tashkil etsa, u holda oldnndan, qizdirish keyinchalik esa bo’shatish kerak bo’ladi.
Kam legirlangan konstruksiyabop po’latlarni payvandlash uchun ftor-kalsiyli tipdagn qoplamalar (UONI-13) 45; UO-NI-13 (55; UONI-13) 85; 03 C2; SU-I: DSK-50: SL-18; ni-AT-5 va boshqalar) ni ishlatish kerak. Bu qoplamlarni nshlatganda qo’shilgan metall aңcha zich hamda qovushoq bulib, eskirishga unchalik moyil bulmaydi.Hosil qila oladigan ruda-kislota qoplamli elektrodlardan (OMM-5, SM-7 va boshqalar) oz legirlangan pulatlardan masuliyatli bo’lmagan konstruksiyalarni payvandlashdagina foydalannshi mumkin. Kam legirlangan konstruksiyabop pulatlarni E42A tipidagi elekdrodlar bilan payvandlasa bo’ladn. Chunki chok metali erigan asosiy metall elementlari hisobiga qo’shimcha legirlanadi hamda uning vaqtinchalik qarshiligi 50 kgk/mm2 gacha ortadi. Bunda chok metali yuqori plastikligini saqlaydi. E60A tipidagi elektrodlar bilan payvandlashda chok metalida uglerod miqdori ancha ko’p bo’lgani uchun unchalik plastik bulmagan mustahkam chok hosil buladi.
Kam legirlangan po’latlar gaz yordamida normal alanga bilan payvandlanadi. Chapaqay payvandlashda alanga quvvati metallning har 1 mm qalinligiga 70-100 dm3/s asetilenni, unaqay payvandlashda esa 100 - 130 dm3/s asetilenni tashkil qilali. Eritib qo’shiladigan sim tariqasida GOST2246-60 bo’yicha Sv-08, Sv-08 A yoki Sv-10G2 markali simlar ishlatiladi. Chok och - qizil rangda bo’lganida (800 -850°C) uni bolg’alash, keyinchalik gorelka bilan qizdirib normallashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu po’lat cheklovlarsiz dastaki yoyli, ximoya gazlari muxitida, flyus ostida, elektroshlakli va kontakt payvandlash bilan yaxshi payvandlanadi. Normal sharoitlarda payvandlanganda darz va g’ovaklar xosil bo’lmaydi, termik ishlov berishni talab etmaydi.


Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin