1. Texnologik qismi


Yekilgi saklash sig’im korpusini payvandlash materiallarini tanlash



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə6/21
tarix20.11.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#164437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Asat lotin (2)

1.6. Yekilgi saklash sig’im korpusini payvandlash materiallarini tanlash

Payvandlash simi. Payvandlash simidan qoplamli elektrodlarning eriydigan sterjenlari yasaladi. Flyus ostida va muhofaza gazlari muhitida payvandlashda payvand sim eriydigan qoplamsiz elektrod sifatida ishlatiladi. GOST 2246 - 60 ga ko’ra payvand sim 0,3, 0,5, 0,8, 1,1, 2,1, 6,2, 2,5, 3,0, 4,0, 5, 6, 8, 10 va 12 mm diametrda ishlab chiqariladi. Diametri 2 -- 5 mm sim hammadan tarqalgan. Sim og’irligi ko’pi bilan 80 kg ga boradigan buxta-o’ram tariqasida ishlab chiqariladi. Ana shu o’ramdagi sim to’g’rilangandan keyin zarur uzunlikdagi sterjen qirqib olinadi. GOST 2246-60 ximiyaviy tarkibi turlicha bo’lgan po’lat simlarning quyidagi 56 ta markasini ishlab chiqishni nazarda tutadi:
a) tarkibida 0,12 % gacha uglerod bo’lgan oz hamda o’rtacha uglerodli, shuningdek ba’zi bir oz legirlangan po’latlarni payvandlashga mo’ljallangan uglerodli simlar, ular jumlasiga, Sv-08, Sv-08A, Sv-08GA, Sv-10GA, Sv-10G2 lar kiradi;
b) tegishli markalardagi oz legirlangan po’latlarni payvandlashda ishlatiladigan marganes, kremniy, xrom, nikel,molibden va titan bilan legirlangan simlar; bunday simlarga jami 23 marka sim, shu jumladan Sv-08GS, Sv-08G2S, Sv-12GS va boshqalar kiradi;
v) maxsus po’latlarni payvandlash va eritib yopishtirish uchun mo’ljallangan ko’p legirlangan Sv-06X14, Sv-06X13,Sv-02X19X9 va boshqa markadagi simlar; jami 28 marka.
Ba’zi bir markadagi simlar uchun ishlatiladigan po’lat tarkibi (GOST 2246 - 60) 4-jadvalda keltirilgan. Sim markasidagi elementlarning shartli belgilari harflardan iborat(3-jadvalga qarang). A harfi mazkur sim po’lati tarkibida oltingugurt va fosfor oz ekanligini ko’rsatadi.
Simning sirti toza va silliq, kuyindisiz, zanglamagan va moysiz bo’lishi kerak. Payvandlashning mexanizasiyalashtirilgan usullarida ishlatiladigan sim sirtiga mis qoplab chiqarilishi mumkin. Chiqarilgan har qaysi sim partiyasida sertifikat bulishi kerak. Unda sim qaysi zavodda ishlab chiqarilgani, simning nomi va po’lat markakasi, po’latning ximiyaviy tarkibi, sinash natijalari, vazni va boshqa zarur ma’lumotlar ko’rsatiladi.


Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin