Ar3(Arm)
|
Ar1
|
725
|
860
|
780
|
625
|
10XСНД markali po’latni kimyoviy tarkibi, % (GOST 19282-73)
C
|
Si
|
Mn
|
Cr
|
Ni
|
Cu
|
P
|
S
|
As
|
N
|
Dan ko’p emas
|
Dan ko’p emas
|
0,12
|
0,5-0,8
|
1,3-1,7
|
0,30
|
0,30
|
0,30
|
0,35
|
0,40
|
0,08
|
0,08
|
10XСНД markali po’latni mexanik xossalari
GOST
|
Metallni yetkazish shakli
|
Kesim ,
mm
|
Ϭ0,2
|
ϬB
|
Ϭ5, (Ϭ4)
%
|
MPa
|
Dan ko’p emas
|
19281-73
|
Sortli va g’asonli prokat
|
10 gacha
|
345
|
490
|
21
|
19282-73
|
Listlar va polosalar
|
10 dan 20 ham
20 dan yuq. 32ham kiradi
32 dan yuq. 60ham kiradi
62 dan yuq. 80ham kiradi
80 dan yuq. 160ham kiradi
|
325
305
285
275
265
|
470
460
450
440
430
|
21
21
21
21
21
|
19282-73
|
Toblanish va bo’shatishdan o’tgan listlar
|
20 dan yuq. 32 ham kiradi
32 dan yuq. 60 ham kiradi
|
365
315
|
490
450
|
19
21
|
17066-80
|
Issiq holda ezilgan listlar
|
2-3,9
|
-
|
490
|
(17)
|
1.3. Yekilgi saklash sig’imni yig’ish va payvandlash uchun texnik talablar
Buyumni konstruktorlik xujjatlar to’plamiga to’liq mos kelishi kerak.
Buyumning asosiy parametrlari va gabarit o’lchamlari chizmada ko’rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Buyumning asosiy detallari chizmada ko’rsatilgan materiallar markasidan tayyorlangan.
Buyumni ishlab chikarish uchun ishlatildadigan detallar materiallarining markasi yetkazib beruvchi korxonaning standartlariga to’g’ri kelishi kerak.
Ishlatiladigan materialning sertifikati mavjud bo’lmasa zavod laboratoriyasining kirish nazoratidan o’tishi kerak
1.4. Payvandlash usulini tanlash
Yoqilgi saqlash sig’imi silindrik konstruksiyalarni kam uglerodli po’latlardan payvandlab tayyorlashda dastaki yoyli payvandlash, ximoya gaz muxitida payvandlash, flyus ostida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash, elektroshlakli va kontakt payvandlash usullari keng qo’llaniladi.
Dastaki yoyli payvandlash. Elektr yoyi yordamida qo’lda payvandlash. Payvandlash zanjirining bitta simi elektrod tutgichga (elektrod 1ana shu tutgichda qisiladi), ikkinchi simi esa payvandlanayot-gan asosiy metall 2 na ulanadi. Eriydigan metall elektrodbilan payvandlayotganda (4 - rasm, a) payvand chek payvandlashyoyi 3 elektrod 1 hamda asosiy metall chekalari 2 ni eritishitufayli hosil bo’ladi. Erimaydigan ko’mir elektrod bilanpayvandlayotganda (4 - rasm, b) chok metallini hosil qilish uchun yoy 3 ga eritib qo’shiladigan sim 4 kiritiladi. Eriydigan metall elektrod bilan yoy yordamida payvandlash (N. G. Slavyanov usuli) metallni payvandlashning boshqa usullariga qaraganda eng ko’p tarqalgan usuldir. Bu usul qalinligi 1 mm dan tortib 60 mm* gacha bulgan barcha markadagiuglerodli va legirlangan po’latlarni, cho’yan hamda rangli metallarni payvandlash, hamda eritib qoplashda, shuningdek,qattiq qotishmalarni o’zgarmas va o’zgaruvchan tok ta’sirida eritib qoplashda qo’llanilishi mumkin.
Ko’mir elektrod bilan yoy yordamida payvandlash (N. N. Benardos usuli) kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Chunki buning uchun faqat o’zgarmas tok ishlatilishi kerak. Po’latni payvandlayotganda eritib solingan metall sifati qoplamali metallelektrod bilan payvandlagandagiga qaraganda ancha sifatsiz chiqadi. Bu usulda qalinligi 1-2 mm po’latni qayirilgan joylari bo’yicha eritib solinadigan metall iz payvandlash mumkin.Cho’yanva rangli metallarni payvandlash, qattiq qotishmalarni eritib detal yuzasini qoplash va yoy yordamida qirqishda ham shu usul qo’llanishi mumkin.
1 – rasm. Yoyli dastakli payvandlash chizmasi:
1 – elektrod o’zagi; 2 – elektrod ; 3 –gaz yoqi gaz-щlak himoya; 4 – payvandlash vannasi; 5 – payvandlash choq; 6 – shlak qoplamasi.
Flyus ostida payvandlash. Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashning unumli usullari yaratilsada og’ir jismoniy mehnat, yuqori malaka talab etishi, chok sifatining bir tekisda bo’lmasligi, ish unumdorligi pastligi va boshqa kamchiliklari payvandlash jarayonini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish zarurligini taqozo etdi. Bu usulda turli qalinlikdagi po’latlar, mis, alyuminiy, titan va ularning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarni payvandlashda barcha ishlar mexanizasiyalashtirganlik darajasiga ko’ra payvandlash avtomatlashtirishda va yarim avtomatlarda olib boriladi. Bunda kompleks mashinalar, mexanizmlar va moslamalardan foydalaniladi. 200-rasmda payvandlash avtomatining sxematik tasviri keltirilgan. Bu avtomatla elektrod simga tok keltiruvchi kontaktdan yoygacha oraliq bir necha santimetr bo’lgani sababli avtomat zarur vaqtda yoyni o’zi tiklaydi. Bu esa avtomatning muhim afzalliklaridan biridir, chunki elektrod simning issiqligida qizishi kamayadi va deyarli katta tok zichligida o’ta qizimay ishlashiga imkon beradi. Ma’lumki, payvand chok sifatli bo’lishi uchun yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun elektrodning erish tezligi ( I ) uning payvandlash joyi tomon uzatilishi tezligi (V) ga teng bo’lishi lozim (V=V). Agar V > bo’lsa, elektrod qisqa tutashish va aksincha V < bo’lsa, yey o’chishi mumkin. Shuningdek, payvandlashda payvandlanuvchi metall sirtidagi notekisliklar, elektrod simning tutilish hollari bo’lganda yoy uzunligi o’zgarishi mumkin. Shu sababli payvandlash avtomati bunday hollarda o’zi rostlanaligan bo’lmog’i lozim, Shu avtomatlar konstruksiyasiga ko’ra yoy uzunligi quyidagicha rostlanishi mumkin:
1) elektrod simning erish tezligi ( I ) o’zgarmas bo’lsa, uning uza-tilish tezligi rostlanali.
2) elektrod simning uzatilish tezligi ( I) o’zgarmas bo’lsa, uningerish tezligi rostlanadi.
Shlakning issiqlikni yomon o’tkazishi, metall vannaning suyuq shlak qatlami ostida bo’lishi, vannaning sekin sovushi natijasida erigan gaz va nometall qo’shimchalardan ancha tozalanadi. Metallar payvandlab bo’lingach, chok sirtidagi qotgan shlak qatlami ajratiladi. Bu usulda metallarni payvandlashda payvandlanadigan metallar xiliga, qalinligiga ko’ra flyus turi, elektrod sim markasi, diametri va payvandlash rejimi belgilanadi. Ma’lumki, flyuslar payvandlash yoyining barqaror yonishi, chokmetalli tarkibini, strukturasini ta’minlash bilan puxta, ajralmaydigan payvand birikmalar olishda muhim rol o’ynaydi. Flyusxili payvandlanuvchi metall xiliga, chokdan kutilgan puxtalikka vapayvandlash usuliga ko’ra tanlanadi. Metall buyumlarni flyus qatlami ostida elektr yoy yordamida metall elektrodlar bilan avtomatik payvandlash usuli dastaki payvandlashga qaraganda jarayonning mexanizasiyalashtirilganligi, ish unumining yuqoriligi, qoplamasiz metall elektrod simlardan foydalanilishi, yoy va suyuq metall vannaning tashqi muhitian himoya etilishi, metall vannaning deyarli sekin sovushi hamda gaz va nometall qo’shimchalardan tozalanishi, ish sharoitining yaxshiligi kabi afzalliklargaega. Lekin qiyin choklarni hosil qilish, ayniqsa, montaj ishlarida ma’lum noqulayliklarning tug’ilishi kabi kamchiliklarga ega.
2-rasm. Flyus ostida payvandlash chizmasi:
1 – payvanlanayotgan detal; 2 – flyus qatlami; 3 – payvandlash simi; 4 – payvandlash yoyi; 5 – erigan flyus; 6 – shlak qatlami; 7 – flyus qoldig’i; 8 – payvand choki; 9 – payvandlash vannasi.
Dostları ilə paylaş: |