29. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari haqida tushuncha. Axborot texnologiyalari, komunikatsiya texnologiyalari
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya — bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerag’li jarayonlarni kerag’li yunalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafakat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma'lumotni bir Ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi Ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan okilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo’lib, xozirgi vaktga kadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib utdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «Kullik» axborot texnologiya tarag’kiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan fark qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga kuchirildi.
4-bosqich. XX asr urtalariga to’g’ri kelib, «Elektron» texnologiyalar kullanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter» texnologiyalari tarag’kiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga muljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa soxalarga muljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoklari ishlatila boshlandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash,
qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon
yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni
qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda
deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu
texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish
imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
Dostları ilə paylaş: |