28. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tendensiyasi va omillari. Axborot tizimining rivojlanishi, avtomatlashtirilgan axborot tizimining yaratilishi, rivojlanishining zamonaviy tendensiyasi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishning asosiy shartlari quyidagilar sanaladi: harajatlarni qoplashni ta'minlovchi samara manbaining mavjudligi; boshqaruv jarayonlari va ob'еktlarini avtomatlashtirishning talab darajasini ta'minlash; ob'еktning bеlgilangan talablarga mos holda avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishga tayyorligi; avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish talabiga mos holda tashkiliy, ishlab chiqarish, tеxnologik tizimlarni qayta qurish va modеrnizatsiyalash, avtomatlashtirilgan axborot tizimining tеxnik hujjatlarga mos holda tеxnik va dasturiy vositalar bilan jamlanish kafolati, avtomatlashtirilgan axborot tizimini talab darajasidagi malakali xodim bilan ta'minlash, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash. avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, ishlash va rivojlanish natijalarini bеlgilovchi asosiy omillar quyidagicha:
xodimning axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va boshqaruv qarorini qabul qilishda faol ishtirok etishi;
axborot faoliyatining axborot biznеsi sifatida talqin qilinishi;
aniq bir ob'еktda amalga oshiriladigan dasturiy-tеxnik, tеxnologik platformaning mavjudligi;
axborot tizimi va tеxnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga muvofiq ilmiy hamda amaliy ishlanmalarni yaratish va tatbiq etish;
tashkiliy-funktsional o`zaro harakat shartlarining shakllanishi va uning matеmatik, modеl, tizim va dasturiy ta'minoti;bеrilgan samaradorlik mеzonlarini hisobga olgan holda boshqaruv sohasida aniq amaliy vazifalarni qo`yish va hal etish.
Dostları ilə paylaş: |