2
Termodinamik temperatura shkalasi reper nuqta bilan aniqlanadi – bu suvning
gaz, suyuqlik va qattik fazaviy holati bilan bog‘liq uchlik nuqtasidir.
Termodinamik temperatura shkalasida bu reper nuqta 273,15
K
ga tengdir.
Kelvin suvning uchlik nuqtasi termodinamik temperaturasining 1/273,15
qismiga tengdir. Selsiy gradusi ikki asosiy reper nuqtada:
muzning erishi va
suvning qaynashi. Selsiy gradusi va Kelvin birliklari quyidagicha bog‘langan:
T = 273,15+t,
T
= 0 Kelvinning nol qiymatiga tengdir.
Solishtirma hajm
V
– birlik massa hajmidir. Jism birjinsli bo‘lganda
uning
zichligi o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni
=
const
. Bu holda,
1
m
V
v
Termodinamik tizimda holat parametrlaridan biri o‘zgarishi bilan bog‘liq har
qanday o‘zgarishlar
termodinamik jarayon
deb ataladi.
Agarda holat parametrlari vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa, makroskopik tizim
termodinamik muvozanat holatida, deb hisoblanadi.
2. Ideal gaz qonunlari
Molekulyar - kinetik nazariyada ideal gaz quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallagan
idish hajmiga nisbatan
juda kichikdir;
gaz molekulalari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud emas;
gaz molekulalarining o‘zaro va idish devorlari bilan to‘qnashishi
mutlaq
elastikdir.
Tizim parametrlaridan biri o‘zgarmas bo‘lganida, qolganlari o‘zaro bog‘lanish
hosil
qiladigan jarayonlar
izojarayonlar
deb ataladi. Molekulyar fizikada 5 xil:
1) izotermik; 2) izobarik; 3) izoxorik; 4) adiabatik; 5) politropik
izojarayonlar.
Dostları ilə paylaş: