1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə4/11
tarix03.05.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#106785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gimnastikada burilish

Burilib oldinga to’lqin bajarilishi – to’lqinning murakkab turlaridan biridir. Gimnastikachi rostlanib cho’qqayib o’tirgandan keyin tizzalari va yyelkalari bilan buriladi, oxirida esa butun tana bilan oyoq uchida turib burilishni bajaradi.
Bunday harakatni yanada murakkabroq turi spiral burilish hisoblanadi (5-rasm), bunda burilishga muntazam ravishda oldin tizzalar (2-3- kadr), keyin esa bo’ksa (4-5- kadr) va nihoyat, yelka kamari (5-6- kadr) qo’shiladi. Burilishning final bo’limi to’lqin yakunlanishi bilan tugaydi.
Gavda va qo’llar bilan to’lqin. Yaxlit to’lqinni bajarishda tananing barcha a’zolari ishtirok etadi. Bunda tana, qo’l va xatto panjalarning harakati ma’lum darajada “to’lqinli” koordinatsiyaga bo’ysunadi. Keyinchalik bu harkatlar alohida bo’lib o’zida to’lqinsimon harakatlarni namoyon qiladi.
Gavda bilan to’lqin asosan yaxlit to’lqinga o’xshab bajariladi. Gavda bilan to’lqinni bajarish uchun umurtqa pog’onasining bel va ko’krak qismlari egiluvchanligi yaxshi bo’lishi kerak, aks holda bajarish keskin qiyinlashadi.
Badiiy gimnastikada panja harakatlanish – eng muhim harakat elementi hisoblanadi. Panja bo’g’imlarining harakatchanligi, uning yumshoqligi panja harakatlarini ifodali bajarishga to’g’ri tayyorlashda yordam beradi. Shu qatorda gimnastikachining panjalari to’lqinsimon harakatlanishni va shu bilan birga gavda hamda qo’llar bilan to’lqinni bajarishi, yaxlit to’lqinni shu ijro bilan yakunlashi mumkin. ko’rsatilgan.
Siltash texnikasi asoslari va tuzilishi
Harakat tuzilishi, mushak koordinatsiyasi va biomexanik tavsifi bo’yicha siltashlar, to’lqinlar va ballistik xarakterdagi tezkor siltash harakatlari orasidagi holatni egallaydi.
Siltash, uning xarakterli tavsifi shakliga qarab ikki asosiy harakat fazasini o’z ichiga oladi.
Birinchi faza – asosan ishni bartaraf qilishda faol harakatlanadigan bo’sh a’zolar harakatini tezlashtirish. Boshlang’ich tezlik qancha katta bo’lsa, mazkur fazada harakatni boshlash uchun beriladigan impuls qancha kuchli bo’lsa, yaxlit siltashni bajarish jismonan qiyin bo’ladi.
Ikkinchi faza – tana a’zolarining inertsiya bo’yicha siltanib harakatlanish. Shu yo’sinda xozirgina faol fazoda harakatlangan mushaklarga chekinuvchi tartibda ishlab turib asta-sekin bo’shashadi yoki bir oz zo’r berib, erta boshlagan harakatini oxirigacha davom ettiradi. Siltashning mazkur fazasi xuddi “natijaviydir”. Bu yo’lda harakatning birinchi fazasida sarf qilingan kuch bevosita amalga oshiriladi.
Agar siltash murakkab ko’p bo’g’imli harakterga ega bo’lsa, uning ikkinchi fazasida ancha “tezkor” periferik a’zolar muntazam ravishda boshqa a’zolarni og’irligi ortib boradi, siltash tezligi qonuniy ravishda kamayadi.
To’lqinsimon va siltashsimon harakatlarni solishtira turib, ularning farqini aytib o’tish zarur.
Siltashlarning ma’lum xususiyatlaridan biri – mazkur harakat uchun kerak bo’lgan asosiy kuchning bir vaqtda va bir lahzada kelishidir (siltashning birinchi fazasidagi asosiy harakatga qarang). Ular bilan to’lqinsimon harakatlarni solishtirganda kuchning uzluksizligi va doimiyligi muhimdir.
Agar siltashda harakatni hammasini bajarish uchun boshlang’ich portlovchi kuch ko’pincha etarli darajada bo’lsa, unda to’lqinni bajarish uchun uning oxirigacha faol harakat qilish zarur.
Shu bilan birga, keltirilgan farqlarga qaramay to’lqin, siltash, uloqtirish va shunga o’xshash harakatlar orasida aniq chegara yo’q. Chunki bu harakatlarning texnik tuzilishi, belgilari ko’pincha bir harakatda yoki shunga o’xshash oddiy elementlarning ketma-ketligida birlashadi.
Ba’zida bo’g’imlarda kichik amplitudada tezkor to’lqinni oddiy siltashdan ajratish qiyin, tana yoki qo’l va oyoqlar bilan erkin siltash harakatlarini bajarishda esa to’lqinga ozmi-ko’pmi o’xshash harakatlar bo’ladi.
Nihoyat, siltashlar murakkab harakatda boshqa turdagi harakatlar – burilishlar, sakrashlar, uloqtirishlar bilan birlashadi. Bunday holatda siltashni bajarish malakasi (qanday va butun bir harakatni bajarish sharoiti) zarurat tufayli murakkablashadi. Masalan, o’zgaruvchan sharoitda muvozanat saqlash, buyum bilan manipulyatsiya qilish va boshqalar.
Quyida ba’zi siltash turlari keltirilgan.

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin