Fetishizm (fetish so‘zi portugalcha “fetisho”, fransuzcha “fetish” – “sehrli narsa”, “but”, “sanam”, “tumor” ma'nosidagi so‘zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir.
|
Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma'nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri.
|
Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma'nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e'tiqod qilishdir.
|
(«Shomon» so‘zining tungus tilidagi ma'nosi «sehrgarlik»)
Sehrgarlik (afsun, magiya)
Ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasi
|
Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi.
|
Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan.
|