1-topshiriq O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti



Yüklə 28,21 Kb.
tarix24.11.2022
ölçüsü28,21 Kb.
#70262
Soha


1-topshiriq
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti deganda miyyamizga 1-bo’lib “Bozor” tushunchasi keladi. Bozor ozi nima? Bozor bu- sotuvchilar bilan haridor o’rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari, ishlab chiqarish bilan iste’molni o’zaro bog’lovchi mexanizm. Oldinlari odamlarda “pul” degan tushuncha bo’lmagan. Shu sabab ular tovarni ayirboshlash orqali bozor infratuzilmasidan foydalanganlar, yani hozirgi kunda zamonaviy qilib aytganda “Barter” yo’lidan foydalanishgan. Barter bu-valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash. Keyinchalik barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalent “pul” yaratilgandan so’ng “Bozor iqtisodiyoti” paydo bo’ldi. Bozor iqtisodiyoti deganda-tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot tushuniladi. Agar bozor iqtisodiyotida raqobat bo’lmasa, u holda “Monopollashgan bozor” tashkil topadi. Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, yununcha “monoc”-yagona va “poleo”-sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O’zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o’tishni o’z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O’zbekiston o’zining o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qatiyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat yo`lni tanladi. Bu yo’ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o’z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo’lishi lozim edi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to’liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi. Yurtimizda mazkur tartib asosida o’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini bermoqda. 2022-yil yanvar-sentabr oyiga nisbatan yalpi ichki mahsulot 105.8%, sanoat 105.3%, qishloq o’rmon va baliq xo’jaligi 103.6%, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 105%, chakana tovar aylanmasi 110.8% ni tashkil qiladi. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim


2-topshiriq
1.Kapitalizm - kapital , yer va ishlab chiqarish vositalari xususiy mulk bo'lgan iqtisodiy va ijtimoiy tizim.
2.Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish,ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.
3.Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.
4.Yalpi ichki mahsulot (YIM)— umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati.
5.Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemischa: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
6.Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi.
7.Eksport — tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
8.Soliq stavkasi — soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori; pul summasi hisobida undiriladi.
9.Mikroiqtisodiyot (grekcha: μικρός — „kichik“) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi
10.Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
11.Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir.
12.Subsidiya (lotincha: subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam.
13.Likvidlilik­­­­­ —aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati.
14.Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.
15.Dividend (lotincha: dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi.
16.Birja (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy.
17.Boj (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari.
18.Ipoteka (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
19.Investitisiya -(nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.

20. Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi.


21.Pul massasi — xoʻjalik aylanma-siga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli harid va toʻlov vositalarining jami hajmi.
22.Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish.
23.Boykot (ing. boycott, ingliz boshqaruvchisi Ch. K. Boykot nomidan olingan, 1880-yilda unga qarshi birinchi marta mazkur chora qoʻllanilgan edi) —1) siyosiy va iqtisodiy kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni toʻliq yoki qisman toʻxtatish, mas, ishga yollanish, shu korxona mahsulotini harid qilishdan voz kechish kabilarni taqozo etadi.
24.Deflyasiya (iqtisodiyotda), dezinflyasiya — inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish
25.Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.
26.Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish).
27.Marketing (inglizcha: market — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli.
28.Sof foyda — korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda.
29.Tender (ing. tend — xizmat koʻrsatish) — 1) ochiq turdagi (ochiq T.) yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi (yopiq T.) raqobatli savdosotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashinauskunalar xarid etish, qurilishmontaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish.
30.Kurs —bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi

3-topshiriq


Muloqotning biznesdagi o’rni
Keling mavzuni boshlashdan oldin muloqot o’zi nima? Biznes nima? Shu savollarga javob izlab ko’ramiz. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida quyidagicha ta’rif berilgan: Muloqot – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Biznes(ing. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot); foyda olish maqsadlari ko’zlangan va qonunlarga xilof bo’lmagan har qanday tashkiliy faoliyat. Biznes muloqot shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan rasmiyligi bilan ajralib turadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilar, xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy muammo samarali muloqot jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi. Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni keltirib chiqaradi. Muloqot ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Tashkilotdagi xodimlarning tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Muloqot qanchalik diqqat bilan qilinsa, biznes ham shuncha rivojlanadi.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin