10. Kartalarni mavzusi (mazmuni) bo‘yicha tasniflash Tasniflashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri umumiy ko‘rsat-kichlarni tarmoqlarga bo‘lib tasvirlanganda, ularning umumiy mazmuni bir butunlikni hosil qilishi kerak. Masalan, «Paxtachilik» kartasi umumiy bo‘lsa, uning tarmoqlari: paxta navlari, ekilishi, hosildorligi, yalpi hosili, umumiy foydasi, ishlov berish va h.k. lar barchasi qo‘shilib bir butun mazmunni ifodalashi kerak. Lekin har bir sohani tasniflashda ular orasidagi o‘zaro munosabat va qonimiyat saqlanishi kerak. Geografik kartalar qamrab olgan hududi bo‘yicha, mazmuni, masshtabi, maqsadiga ko‘ra tasniflanadi. Egallangan hududi bo‘yicha kartalar quyidagilarga: dunyo, materik, davlat, viloyat, tuman kartalariga bo‘linadi. Mazmuni bo‘yicha umumgeografik va mavzuli karatalrga bo‘linadi. Bu ikkala guruh yana maydalanib qismlarga bo‘linadi. Masalan, mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan: 1) tabiiy yoki tabiiy-geografik kartalar; 2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar. Tabiiy-geografik kartalar geografik muhit komponentlari (atmosfera, gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o‘rganuvchi fanlar bo‘yicha bo‘linsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham o‘z navbatida aholi, iqtisodi-yot, madaniyat, siyosiy-ma’muriy, maishiy xizmat ko‘rsatish kar-talari va boshqa turlarga bo‘linadi. Tarixiy kartalar tarixiy voqealar va ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan jarayonlarni tasvirlab beradi.
11. Kartalardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra tasniflash. Kartadan foydalanish, uning mazmunini o‘qib tushunish, ya’ni karta to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish va kartaning o‘quvchanligini oshirish uchun kartaning tili hisoblangan shartli belgilar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmoq kerak. Kartadagi belgilarning asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqea va hodislarning o‘rnini, turini (zavod, suv ombori, gaz quvuri, shaharning o‘rnini va b.), miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, etishtirilgan yalpi paxta hosili), sifatini (sho‘r bosgan joylar, quduq suvining sifati, ko‘mirning sifati va b.lar), tarqalish xususiyatlarini (aholi zichligi, migrat-siyasi, shamollar harakati, geologik jarayonlar) ko‘rsatishdan iborat. Kartografik belgilar shartli belgilardan mazmunining kengligi, aniq shakli,
miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi. Dastlabki kartalarda voqea va hodisalar suratlar yoki shakllar bilan tasvirlangan, bu esa kartani o‘qishni osonlashtirgan. Masalan, tog‘lar perspektiv usulda berilib, shakl yordamida tasvirlangan, o‘simliklar ham shakllariga qarab ko‘rsatilgan (igna bargli va yaproq bargli), lekin ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin bo‘lmagan. SHuning uchun kartalardan to‘liq foydalanish va to‘liq ma’lumot olish uchun yangi belgilar qo‘llash zarurati tug‘ilgan. Tanlangan belgilar geometrik shaklda, badiiy va an’a-naviy shakllarda bo‘lganidan ma’lum darajada mazmunni anglatadi