1. Umumgeografik kartalarni amaliy ahamiyati


Umumgeografik va mavzuli kartalarning elementlari



Yüklə 429,75 Kb.
səhifə9/13
tarix21.06.2023
ölçüsü429,75 Kb.
#133382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1. Umumgeografik kartalarni amaliy ahamiyati

24. Umumgeografik va mavzuli kartalarning elementlari.
Geografik karta yaratish va undan to‘la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. SHuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy yo‘ldan foydalaniladi. Kartaning har bir element! alohida o‘rganilishi, bu elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir. Unda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar to‘g‘risida etarli dara-jada ma’lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o‘zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma’lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi. Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan. Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: suv ob’ektlari, Er yuzasining rel’efi, o‘simliklar qoplami va tuproq, aholi yashay-digan joylar, aloqa yo‘llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniy ob’ektlar va ma’muriy chegaralar. Geografik elementlar hamma kartalarda ham bir xilda mu-kammal tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag‘ishlangan kartada uning mazmuniga mos holda geografik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasida aloqa yo‘llari va aholi punktlari, rel’ef kartalari uchun aloqa yo‘llari va aholi yashaydigan joylar to‘liq tasvirlanishi shart emas. Lekin kartaning mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba’zi geografik elementlar barcha mavzuli kartalarda bo‘lishi shart. Masalan, O‘rta Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda gidrografik ob’ektlarning ahamiyati katta bo‘lgani uchun ular imkoni boricha to‘laroq ko‘rsatiladi. CHunki siiv ob’ektlari (gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog‘lovchi zarur komponentdir. Kartaning geometrik jihatdan aniq va tasvirlarining to‘g‘ri bo‘lishi kartaning matematik asosiga bog‘liq, Matematik asos o‘z navbatida bir qancha elementlardan tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata to‘ri, masshtab hamda geodezik asos (triangulatsiya, poliganometrik va nivelirlash shoxobchalari) va komponovka. Barcha kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi. Ular Er ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog‘ozga tushirish


Yüklə 429,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin