26. Kartografik generalizatsiya va uning turlari. Kartografik generalizatsiya — kartada ifodalanayotgan ob’ekt, voqea- hodisa va jarayonlarni karta maqsadi, masshtabi va ma’nosiga binoan, joyning geografik xususiyatlarini hisobga olib tanlash, saralash va ilmiy asoslangan holda umumlashtirib tasvirlashdir. Kartografik generalizatsiya yirik masshtabli plan va kartalar-dan tortib to mayda masshtabli barcha kartografik asarlarning ajralmas xususiyatlaridan biridir. Ma’lum bir geografik hududni dastlabki topografik s’yomka qilish davridanoq, topograf tomonidan tushungan holda generalizatsiya qilish boshlanadi. Masalan, 1:1000 masshtabdagi topografik plan olinayotgan bo‘lsa, topograf rel’efning qaysi ko‘rinishlarini, o‘simlik dunyosining qaysi turlarini, yo‘l tizimining qaysilarini s’yomka qilinayotgan planshetga tushi-rishni o‘ylaydi va s’yomka ob’ektlarini tanlaydi. Ahamiyati kam bo‘lgan hamda olinayotgan plan masshtabida tasvirlab bo‘lmaydigan ob’ekt, voqea va hodisalarni planshetga tushirmaydi. CHunki mazkur masshtabda planshetdagi 1 sm2 joy Er yuzasidagi 10 m2 maydonga to‘g‘ri keladi. Yirik, o‘rta va mayda masshtabdagi topografik kartalarni xonada (kameral sharoitda) tuzishda, ular karta masshtabi, maqsadi va turiga mos ravishda, ilmiy asoslangan holda «zichlashtirib» va umumlashtirib tasvirlanadi. Masalan, 1:10 000 masshtabli topografik kartadagi 1 sm2 joy Er yuzasidagi 100 m2 joyga, 1:1 000 000 masshtabdagi 1 sm2 joy esa 10 km2 ga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bunday hollarda karta va planlarning masshtabi va maqsadiga qarab faqat asosiy rel’ef ko‘rinishlari, asosiy gidrografiya tarmoqlari, asosiy aholi yashash punktlari, sanoat va qurilish ob’ektlari va yo‘l tarmoqlarini tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Er yuzasining yoki uning ma’lum bir qismlarining kartografik modelini yaratishda generalizatsiya jarayoni geosistemalaming asosiy elementlari ko‘rinishlarini, ichki va tashqi aloqalarini anglashga yordam beradi hamda ancha yuqori pog‘onadagi geosistemalarni kartada tasvirlash natijasida bu sistemalarni tasavvur qilish uchun keraksiz ma’lumotlarni bartaraf qilish va kartada tasvirlanayotgan ob’ekt, voqea va jarayonlar to‘g‘risida ynngi bilimlar olish uchun bevosita imkon beradi. Generalizatsiya qilishda sifat tavsiflarini umumlashtirish keng qo‘llaniladi. Ularning farqlarini kamaytirish, har doim tasniflash bclgilarini umumlashtirish bilan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, obzor kartalarda o‘rmonlarning asosiy qismini tashkil etadigan o‘rmon daraxtlarining turlari o‘rniga o‘rmonlarning yagona belgisi beriladi, geologik kartalarda yirik masshtablardan mayda massh-tablarga o‘tishda svita va yaruslarni bo‘limlarga qo‘shib yuborish bilan statigrafik bo‘linishlar umumlashtiriladi, so‘ngra bo‘limlarni sistemalarga qo‘shib yuboriladi va h.k. Sifat tavsiflarini uinumlashtirish karta legendasidagi taksonomik bo‘linishlarni qo‘shib yuborish bilan boshlanadi. Mazkur umumlashtirish nulardan tiplarga va tipologiyalarga, alohida hodisalardan ularning niiihiga o‘tishda va shunga ko‘ra tasvirlanayotgan hodisaning liinifini generalizatsiya qilish bilan bog‘langan. Miqdor tavsiflalarini umumlashtirish tasvirlanayotgan hodisaning ung miqdor gradawiyalarini (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi qich yoki holatga o‘tishdagi izchillik) yiriklashtirishda, uzluksiz shkalalardan pog‘onlalilarga o‘tishda yoki bir xillardan bir xil bo‘lmaganlarga o‘tishda namoyon bo‘ladi. CHunonchi, topografik kartalarni generalizatsiya qilish rel’efning kesim balandligini kattalashtirish (orttirish) yoki aholi yashaydigan joylarda yashov-chilar soni bo‘yicha guruhlashni yiriklashtirish uchun xizmat qilishi mumkin. Kartada tasvirlanayotgan ob’ektlarni tanlab olish (tushirib qoldirish) — kartada uning maqsadi, mazmuni va masshtabi hamda kartaga olinayotgan geografik hududning o‘ziga xos xu-susiyatlari nuqtayi nazaridan muhim va zarar bo‘lgan ob’ektlarni qoldirish demakdir. Tanlab olish sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirish bilan uzviy bog‘langan.Tanlab olishda ikkita miqdoriiy ko‘rsatkichlardan, ya’ni senz va normadan foydalaniladi. Geometrik shaklini (tashqi ko‘rinishini, konturini) soddalash-tirish — kartadagi tasvirning mayda-chuyda detallari, kontur-larning uncha katta bo‘lmagan egri-bugri joylarini to‘g‘rilash, gorizontallarning egri- bugri joylarini chiqarib yuborish, geologik chegaralarning qiyofasini (ko‘rinishini) soddalashtirish va h.k. Soddalashtirish yuzasi engil-elpi bo‘lmasligi kerak. U mantiqan to‘g‘ri bajarilishi lozim. Konturlarni birlashtirish generalizatsiyaning geometrik xusu- siyatlaridan biri bo‘lib, ajratib olingan konturlar ma’lum qoidalar asosida guruhlanadilar. Kartadagi konturlar, birinchidan, sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va legendaning bo‘linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha mayda-chuyda konturlarni bir-biriga qo‘shib, bitta ancha yirik kontur hosil qilish oqibatida sodir bo‘ladi. Masalan, bir necha foydali qazilma konlarini alohida, uncha katta bo‘lmagan arealini generalizatsiya davomida bitta yagona areal qilib qo‘shib yuborish mumkin.