25. Topografik va Umumgeografik kartalarga ta’rif bering. Umumgeografik kartalar xususiyatlariga ko‘ra uch xilga bo‘linadi. 1. Topografik kartalar (1:200 000 masshtabgacha). 2. Obzor-topografik kartalar (1:200 000 - 1 000 000 gacha). 3. Obzor kartalar (1:1 000 000 dan mayda). Umumgeografik kartalar mazmuni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi. I — Tabiiy-geografik kartalar: 1. Geologik, stratigrafik, tektonik, litologik, uchlamchi davr, to‘rtlamchi davr, gidrogeologik, geoximik, foydali qazilmalar, seysmologik, vulkanizm kartalari va boshqalar. 3. Umumiy tabiiy-geografik kartalar. Geofizik kartalar. 4. Er yuzasining rel’efi: gipsometrik, morfometrik, morfog-rafik, geomorfologik kartalar. 5. Meteorologik va iqlim: harorat, shamollar, yog‘in-sochin va h.k. kartalari. 6. Okeonologik kartalar. 7. Gidrologik kartalar (er usti suvlari). 8. Tuproq va uning turlari hamda tarqalish kartalari. 9. O‘simlik va ularning geografik joylashish kartalari. 10. Hayvonot dunyosi va ularning tarqalish kartalari. 11. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalar. II — Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar: 1. Aholi va demografik kartalar: aholining joylashishi va tar-qalishi, zichligi, aholining milliy tarkibi, etnografiyasi, jinsi, tug‘ilish va o‘lim, yoshi, ishsizlik, ishga layoqatligi va h.k. kartalari. 2. Iqtisodiy: tabiiy resurslar va ularni baholash, sanoat, qish-loq xo‘jaligi (dehqonchilik, chorvachilik) va o‘rmon xo‘jaligi, transport, ichki va tashqi iqtisodiy aloqalar, umumiqtisodiy kartalar., 3. Maishiy xizmatlar: maorif, fan, madaniyat, sog‘liqni saq-lash, savdo va moliya, fizkultura va sport, turizm, kommunal xizmat ko‘rsatish kartalari va h.k. 4. Siyosiy-ma’muriy kartalar. III— Tarixiy kartalar: 1. Qadimgi dunyo tarixi kartalari. 2. O‘rta asrlar tarixi kartalari. 3. YAngi va eng yangi tarix kartalari. Kartalarning ishlatilishiga qarab ularning masshtabi, mazmuni va jihozlanish usullari ham o‘zgarishi mumkin. Kartalar ishlatilishi bo‘yicha ham bo‘linadi. / — Xalq xo‘jaligi va boshqarishga oid kartalar: 1. Tabiiy sharoit va resurslarni baholash va prognoz (bashorat qilish) kartalari. 2. Loyihalash: qurilish, er tuzish va kadastr kartalari. 3. Operativ xo‘jalik kartalari. 4. Navigatsiya va yo‘llar kartalari. Rejalashtirish uchun kartalar. // — Maorif/, fan va madaniyatga oid kartalar: 1. O‘quv kartalari: boshlang‘ich sinflar, umumta’lim maktab-lari, akademik litsey, kollej va oliy maktablarlar uchun kartalar. 2. Ilmiy-ma’lumotnomali kartalar. 3. Madaniy-oqartuv, targ‘ibot-tashviqot, o‘lkashunoslik kartalari. 4. Turistik-ekskursiya, sport kartalari. Geografik kartalar tiplari bo‘yicha ham bo‘linadi. 1. Tahliliy (analitik) kartalar. 2. Sintetik kartalar. 3. Kompleks kartalar. Umuman olganda geografik kartalar ishlatilgan proeksiyasiga qarab, xatoliklariga qarab, o‘lchamiga ko‘ra, ishlatilgan ranglar-ning soniga, qaysi tilda ekanligiga, nashr qilingan vaqtiga va boshqa xususiyatlariga qarab bo‘linishi mumkin.