22. Kartani matematik asosi va uning o’ziga xos xususiyatlari? Kartani matematik asoslariga masshtab, proeksiya, nomenklatura va komponovka kiradi. Matematik asos kartani maqsadiga va uni mazmuniga bog’liq holda tanlanadi. Masalan, karta masshtabi qancha mayda bo’lsa, shuncha kam ma’lumot beradi. Topografik va obzor topografik kartalar uchun sobiq Ittifoqda geodezik kengash tomonidan 1934 yilda qabul qilingan masshtab tizimi sistemasi qabul qilingan. Umumgeografik mayda masshtabli kartalar uchun 1:1 mln va 1:2,5 mln, 1:5 mln, 1:7.5 mln, 1:10 mln masshtablar qabul qilingan. Lekin devorga osib ishlatiladigan o’quv kartalarida 1:1,5 mln, 1:2 mln, 1:4 mln, 1:5 mln masshtablilari ham uchrab turadi. Karta proeksiyalarini tanlashda kartani maqsadi va ishlatilishiga e’tibor beriladi. Odatda yirik masshtabli va o’rta masshtabli kartalar asosan masofa xar xil o’lchash bilan bog’liq ishlarida foydalaniladi. Topografik va obzor topografik kartalar uchun (1:1 mln. dan tashqarii) sobiq Ittifoqda Gauss-Kryugerni ko’ndalang silindrik to’g’ri burchakli proeksiyasidan foydalaniladi. Bunda meridianlar orasi 60 parallellar orasi 40 bo’ladi. 1:1 mln. masshtabli karta uchun Xalqaro proeksiya qabul qilingan bo’lib, tropetsiya tomonlari 60 va 40 ni tashkil qiladi. Unda har bir trapetsiya uchun o’zgartirilgan ko’p konusli (polinikonicheskaya) proeksiya hosil bo’lgan. Keyinroq borib esa to’g’ri burchakli konusli proeksiyaga almashtirilgan. Natiajada 4 yoki 9 ta varaqali kartalarni bita varaq qilib birlashtirilganda meridianlar orasida ochiq joy qolmaydi. Bu juda qulay bo’lib, yirik geografik hududlarga (rayonlarni) kartaga tushirishda foydalaniladi.
23. Umumgeografik atlaslar va ularning turlari. Atlaslar geografik kartalar singari, masalan, egallagan hududi bo‘yicha, mazmuni bo‘yicha, maqsadiga va foydalanishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Professor A. N. Berlyant atlaslarni xususiyatlari bo‘yicha quyidagacha tasniflagan. Egallagan hududi bo‘yicha Er, Venera va boshqa sayyoralarning, Oyning atlasla-ri, materiklar, okeanlar, yirik geografik regionlar, mamlakatlar-ning, viloyat va shaharlarning atlaslari mavjud. Ular ma’muriy bo‘linishi, siyosiy, tarixiy, tabiiy va iqtisodiy sohalar bo‘yicha tuzilib chop etilmoqda. Masalan, Oyning orqa tomonining atlasi, Dunyo atlasi, Boltiqbo‘yi mamlakatlari atlasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Boyqol ko‘li atlaslari shular jumlasidandir. Maz-muniga qarab atlaslar bir qancha turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Umumgeografik atlaslar: • tabiiy geogafik; • geologik; • geofizik; • iqlim; • okeanologik; • gidrologik; • tuproqshunoslik; • geobotanik; • zoogeografik; • tibbiy-geografik; • tabiiy geografik komplekslar.