25
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
sonni qo‘shish va ikki xonali son bilan 10 ning ko‘paytmasini qo‘shish.
Usullarni yozma ifodalash va foydalanilgan asoslashni tushuntirish. Ikki
xonali sonlarni qo‘shishda o‘nliklar o‘nliklarga, birliklar birliklarga
qo‘shiladi va ayrim hollarda bitta o‘nlikni hosil qilish lozim bo‘ladi.
d)
Ikki xonali son berilgan, hisoblab o‘tirmasdan yoddan undan 10 ta ko‘p
yoki 10 ta kam sonni aniqlash va fikrni asoslash;
e) Aniq modellar yoki rasm
lar va o‘nli sonlar, amallar xossalari va /yoki
qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan
usullardan foydalanish.
1. SA4.
a) Turli
obektlar o‘lchamlarini, masofalarni chamalash, real obektlarni
geometrik shakllar modellari bilan bog‘lash;
b) 2 ta arifmetik amalli (qavsli yoki qavssiz) sonli ifodaning qiymatini
hisoblash.
1. GO‘
GEOMETRIYA VA O‘LCHASHLAR
1. GO‘.1
a) Nuqta, yassi (siniq chiziq, egri chiziq, kesma, burchak, aylana, doira,
uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat) va fazoviy (kub, shar) shakllarni
tasavvur qilsh, tanish, nomlash, solishtirsh va tasvirlash;
b) Belgilovchi xossalar (masalan, uchburchaklar yopiq va uch tomonli) va
belgilovchi
xususiyatga ega bo‘lmagan xossalar (masalan, rangi,
yo‘nalishi, umumiy o‘lchami) o‘rtasidagi farqlarni ajratish. Belgilovchi
xossalar asosida shakllarni yasash va chizish;
c) Murakkab shaklni yasash va murakkab shakldan yangi shakllar yasash
uchun yassi shakllarni (to‘rtburchaklar, kvadratlar, trapetsiyalar,
uchburchaklar, yarim doiralar va chorak
doiralar) yoki uch o‘lchamli
shakllarni (kub, prizma, konus va silindrlar) yasash.
d) Doiralarni
va to‘rtburchaklarni ikki va to‘rtta teng bo‘laklarga bo‘lish.
Bo‘laklarni “yarmi”, “to‘rtdan biri” va “choragi” so‘zlaridan foydalanib
tasvirlash. Butun jismni
yarim bo‘laklarning ikkitasi yoki chorak
bo‘laklarning to‘rttasi sifatida tasvirlash. Bu misollar asosida bir necha
teng bo‘laklarga bo‘lish kichik bo‘laklarni hosil qilishini tushunish;
1. GO‘.7
a)
uzunlik, masofa, massa va sig‘im o‘lchov birliklarini bilish, o‘qish, yozish,
ular orasidagi munosabatlardan foydalanib kundalik
hayot bilan bog‘liq
bo‘lgan (2 qadamli) masalalarni arifmetik usulda yechish;
b)
O‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik shakllarni (kesma, to‘g‘ri
to‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasash, ularni qog‘oz, sim,
plastilin va h.k.lar yordamida modellashtirsh;
c) Uchta jismni
uzunligiga ko‘ra tartib bilan joylashtirish. Uchinchi jismdan
foydalangan holda ikkita jism uzunliklarini bilvosita taqqoslash.
a) Muayyan uzunlikdagi tasma (uzunlik birligi)ni bir nechta nusxasini ketma-
ket qo‘yish orqali hosil bo‘lgan katta tasma uzunligini butun son sifatida
ifodalash.
d) Vaqtni aytish
va yozib qo‘yish.
e) Oddiy va elektron soatlardan foydalangan holda vaqtning butun va yarim
soat oraliqlarini aytish va yozish.
Dostları ilə paylaş: