1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Лойиҳа


40 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
STEAM (S - science, T - technology, E - engineering, A - art, M - 
mathematics) ta’lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning 
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini 
o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini 
tarb
iyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga 
qaratilgan. Bu texnolog
iyani amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli 
texnik qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida 
qurilmaning maketini yaratish va uni amal
iyotda ishlatib ko‘rish, 
kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi. 
Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va 
jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat 
qilishga imkon beradiga
n turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar 
tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy 
yondashuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini 
kuchaytirishga qaratiladi.
Shuningdek, o‘quv dasturini tuzishda matematikani o‘qitish sohasida 
muayyan yutuqlarga erishgan Singapur, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, 
Rossiya va Belorusiya kabi xorijiy davlatlar tajribasidan eng ilg‘or 
yondashuvlar tahlil qilindi va foydalanildi. AQSh ning EGMA - 
boshlang‘ish 
(1- 6-) sinfl
arda sinflarda matematikadan bilim va ko‘nikmalarni baholash 
tizimi imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, mazkur o‘quv dasturi uchun ham 
aynan shu yondashuvlar asos qilib olindi. 
O‘qituvchilarni o‘quv dasturini bajarishda bitta qolipga solib qo‘ymaslik 
uchun, o‘quv dasturidagi soatlar taqsimoti faqat boblar bo‘yicha berildi. 
Soatlarning mavzular va darslar bo‘yicha taqsimoti vazirlik tomonidan taklif 
qilinadigan namunaviy mavzuiy taqvim rejada berilishi nazarda tutilmoqda. 
S
hunday bo‘lsada, mavzularni o‘qitishda o‘qituvchilarga ijodiy yondashuv 
erkinligi, ya’ni turli omillarni hisobga olgan holda har bir sinf uchun soatlarni 
alohida taqsimlash imkoniyati ham beriladi. Bunda ajratilgan soatlardan 
mavzuni chuqurroq o‘rganish uchun foydalanish tavsiya etiladi. Ishchi 
mavzuiy taqvim reja o‘qituvchilar tomonidan tuziladi va ta’lim muassasasi 
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kichik o‘quv 
tadqiqotlarni bajarish orqal
i umumta’lim fanlarini o‘rganishga qiziqishni 
kuchaytirish maqsadida fan o‘quv dasturlariga amaliy mashq va tatbiq 
hamda loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o‘quv fani bo‘yicha 
o‘zlashtirish sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush 
bilan bog‘lanish imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.
O‘quvchilarning loyiha faoliyatini amalga oshirishi uchun dasturda 
alohida soatlar ajratilgan. Shunday bo‘lsada, o‘quvchilar bir o‘quv yilida 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin