1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
 
III. MATEMATIKA 
TA’LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Matematika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ishlab chiqarish sohalarida va 
kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Iqtisodiy talablarni bajarish 
uchun bunyodkor va ijodkor kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda, bu 
yutuqlardan iste’molchi sifatida foydalanuvchilarga ham sifatli ta’lim berilishi 
lozim. 
Fan texnikaning keskin rivojlanishi, olamning globallashuvi hamda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiy etishi insonlarning 
dunyo-qarashini, muvaffaqiyatga erishish usullarini, inson salohiyati
qobiliyati hamda yaratuvchanlik faoliyati jamiyatning asosiy kapitali bo‘lib 
xizmat qiladi. Bu holatda jamiyatdagi har bir o‘quvchi shaxsining jamiyatda 
raqobatbardosh bo‘lib shakllanishi, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy muhitga 
moslashuvchan, faol, ijtimoiy yetuk salohiyatli, yuqori darajadagi bilim 
egasi, ruhan va qalban chiniqqan komil insonni shakllantirish davlatimiz 
oldidagi vazifalardan biridir.
Matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim 
olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish; 
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita 
oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni 
shakllantirish; 
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish 
va 
asrab-avaylash, 
matematik 
Лойиҳа



umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
madaniyatni 
umumbashariy 
madaniyatning 
tarkibiy 
qismi 
sifatida 
tarbiyalash; 
o‘quvchilarning kuzatuvlar orqali amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda 
loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, kreativ, tanqidiy 
fikrlash va mantiqiy tahlil, qiziquvchanlik, muammolarni hal qilish, yangiliklar 
yaratishga bo‘lgan ko‘nikmalarini namoyon qilish va rivojlantirishdan iborat. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin