1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi


Matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, 
usul
lar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; 
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini 
anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim 
va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil 
ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni, ijodkorlik (kreativlik) ni shakllantirish hamda 
ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish; 
hozirda matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga, 
o‘quvchilarga 
tayyor 
o‘quv 
materiallarini 
berishga 
asoslangan 
yondashishdan ma’lum darajada voz kechib, o‘quvchining kundalik 
hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va 
uni rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 
namoyon qilish va faollashtirish. 
IV. 
MATEMATIKA TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR 
YO‘NALISHLARI 
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, xalq ta’limi tizimida matematika 
fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat 
bo‘lishi maqsadga muvofiq:
matematika fani davlat ta’lim standarti talablarining avvalo kelajakdagi 
zamonaviy davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, XXI asr 
ko’nikmalariga mos ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro 
talablarga muvofiqligini ta’minlash; 
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim 
muassasalari hamda ilmiy-
uslubiiy tadqiqot tuzilmalari o‘rtasidagi yaqin 
hamkorlikni, uzluksizlikni va uzviylikni ta’minlovchi yaxlit tizimni 
shakllantirish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga 
ixtisoslashtirilgan maktablar tizimini tashkil qilish va faoliyatini rivojlantirish; 
matematika fani bo’yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi 
maktablarning 
kadrlarini 
tayyorlash 
va 
qayta 
tayyorlash 
tizimini 
rivojlantirish; 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin