1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
Лойиҳа


35 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
modellaridan foydalangan holda xulosalarni asoslash. 
4. SA.2 
a) 
Ko‘paytirish amali qatnashgan tenglikni taqqoslash sifatida talqin etish
masalan, 35= 5 × 7 ni 5 marta 7 yoki 7 marta 5, deb talqin qilish. 
b) 
Ko‘paytmani taqqoslashga doir matnli masalalarni yechish uchun 
ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajarish, masalan, ko‘paytmani 
taqqoslashni yig‘indini taqqoslashdan farqlagan holda, masalani 
tasvirlash uchun rasmlar va n
oma’lum son belgisi ishtirok etgan 
tengliklardan foydalanish1.
c) 
To‘rtta amaldan foydalanib, butun sonlar ishtirokidagi va javoblari butun 
son bo‘lgan ko‘pbosqichli masalalarni, shu jumladan qoldiqlar izohlanishi 
kerak bo‘lgan masalalarni yechish. Noma’lum miqdor harf bilan 
ifodalangan tengliklardan foydalanib, bu masalalarni ifodalash. Yodda 
hisoblash va baholash algoritmlaridan, shu jumladan, yaxlitlashdan 
foydalanib, hisoblash natijalarining naqadar asosli ekaniga baho berish. 
d) Standart algoritm yordamida 
ko‘p xonali butun sonlarni yodda qo‘shish 
va ayirish.
e) 
O‘nli sonlar va amallar xossalariga asoslangan algoritmlardan 
foydalanib, to‘rt xonali butun sonni bir xonali butun songa hamda ikkita 
ikki xonali sonni ko‘paytirish. Tenglik, to‘g‘ri to‘rtburchakli massivlar va / 
yoki yuz modellari yordamida hisoblashlarni tasvirlash va tushuntirish. 
f) 
O‘nli sonlar, amallar xossalari, ko‘paytirish va bo‘lish o‘rtasidagi 
munosabatlarga asoslangan algoritmlardan foydalanib, sonning butun 
qismi va to‘rttagacha xonali bo‘linuvchi va bir xonali bo‘luvchi bo‘lgan 
qoldiqlarni aniqlash. Tengliklar, to‘g‘ri to‘rtburchakli massivlar va / yoki 
yuz modellari yordamida hisoblashni tasvirlash va tushuntirish. 
g) 
Tengsizliklar haqida tasavvurga ega bo‘lish; 
h) 
Bir xil yo‘nalishdagi hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir 
2 - 
4 amalli, proporsional bo‘lishga, ikki ayirma bo‘yicha noma’lum sonni 
top
ishga, sonning ulushini va ulushi bo‘yicha sonni topishga, vaqt, tezlik, 
tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l, narx, miqdor, baho kabi kattaliklar 
orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalarni yеchish. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin