IV SINF UCHUN MATEMATIKA FANIDAN TA’LIM STANDARTLARI Matematika fanidan 4-
sinf ta’lim standartlari matematik mazmun va
amaliyot standartlaridan iborat.
MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI 4- sinfda matematik mazmun standartlari matematikaning:
−
Sonlar va amallar (SA); −
Geometriya va o‘lchashlar (GO‘); −
Ehtimollik va statistika (ES) bo‘limlarini qamrab oladi.
Kel
gusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun 4-sinfda qamrab olingan
bo‘limlar nomi - avval sinfning tartib raqami, so‘ng bo‘limning ikki bosh harfi
bilan kodlanadi.
Standartlar kodida esa avval sinf tartib raqami, song bo‘lim
nomi va oxirida standart tartib raqami keltirladi. Masalan, 3.SA.3 kod -
birinchi sinfning “Sonlar va amallar” bo‘limi bo‘yicha 4- standartini bildiradi.
Muayyan sinfga kiritilgan standartlar o‘z navbatida sinflar kesimida
yanada aniqlashtiriladi. Ular quyida kichik lotin harflari bilan keltirilmoqda.
4-
sinf o‘quvchilari ta’lim jarayoni yakunida matematika fanidan
quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
Kodi 4-SINF 4. SA. SONLAR VA AMALLAR 4. SA.1 a)
0 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish, taqqoslash,
tartibga solish, modellarda tasvirlash;
b)
O‘nli sonda bir o‘rindagi raqam o‘zidan o‘ng tomondagi o‘rinda kelgan
raqamdan o‘n baravar katta sonni ifodalashini tushunish. Masalan, o‘nli
son va bo‘lish tushunchalarini qo‘llash orqali 700 : 70 = 10 bo‘lishini
bilish.
c)
O‘nli tizimdagi raqamlar, sonlar nomlari va kengaytirilgan shakldan
foydalanib ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish. Taqqoslash natijalarini
qayd etish uchun >, = va < belgilaridan foydalanib, har bir o‘rindagi
raqamlar ma’nosiga asoslangan holda ikkita ko‘p xonali sonni
taqqoslash.
d)
Ko‘p xonali sonlarni har qanday xonagacha yaxlitlash uchun o‘nli sonlar
tushunchasidan foydalanish.
e)
Kasrlarning ko‘rgazmali modellaridan foydalangan holda qanday qilib
ikkita kasr bir xil qiymatga ega bo‘lsa-da, ular qismlarining soni va
qiymatlari turlicha bo‘lishiga e’tibor qaratib, nima uchun a / b kasri (n × a)
/ (n × b) kasriga tengligini tushuntirish. Bu tamoyildan teng kasrlarni