Izometriya qadimgi grek so‘zi isos dan olingan bo‘lib, u bir xil (teng) degan ma’noni anglatadi. Izometrik proyeksiyada OX, OY, OZ o‘qlar orasidagi burchaklar o‘zaro 120° ga teng bo’ladi (12.1-rasm). OX, OY, OZ o‘qlar aksonometriya tekisligiga nisbatan bir xil qiyalikda proyeksiyalanadi, ya’ni
To‘g‘ri chiziqning izometrik proyeksiyasini yasash.
Buyumlarning aksonometrik proyeksiyalari, umuman, ulaming ortogonal (to‘g‘ri burchakli) proyeksiyasi bo‘yicha yasaladi. 6.3-shakl a da BC to‘g‘ri chiziq kesmasining
to‘g‘ri burchakli proyeksiyasi berilgan: Uning izometrik proyeksiyasini yasash uchun ko‘rsatilganidek, koordinata o‘qlarini chizib olamiz. Koordinata boshi O dan (6.3-shakl, b) OX o‘qi bo‘ylab to‘g‘ri burchakli proyeksiyadagi (6.3- shakl, a) Ob ^ masofa (Ob^ = OBJ ni va B nuqtadan OY o‘qiga parallel chizib, b^ b masofa (bjj = BJdJ ni o‘lchab qo‘yamiz. So‘ngra b^ dan yuqoriga (OZ o‘qiga parallel) vertikal chiziq bo‘yicha b^b' masofa (bxb^ =biB) o‘lchab qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziq kesmasiga tegishli B nuqtaning izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqning ikkinchi (ya’ni C nuqtaning) izometrik proyeksiyasi ham ana shu tartibda topiladi. Hosil bo‘lgan B va C nuqtalar birlashtirilsa, to‘g‘ri chiziq kesmasining izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi.