1. Ustav nima


Ashurovning xatti-harakatlari huquqiy asosga egami? 3



Yüklə 99,24 Kb.
səhifə17/32
tarix11.06.2023
ölçüsü99,24 Kb.
#128389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

2.Ashurovning xatti-harakatlari huquqiy asosga egami?
3.Mazkur kazusimizda audioyozuv dalil bo’laoladimi?
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
2.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi
3.O’zbekiston Respublikasi Oliy sud pleniumining ,,Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo’yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo’llash amaliyaoti’’to’g’risida qarori
Kazusimizdagi muammolarga yechim topishdan oldin, bitim va oldi-sotti shartnomasi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Bitimlar deganda ,jismoniy va yuridik shaxslarning ular tomonidan fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini o’rnatish,o’zgartirish yoki bekor qilish maqsadida amalga oshiradigan harakatlar tushuniladi.Bitim bir taraflama,ikki taraflama yoki ko’p taraflama bo’lishi mumkin. Oldi –sotti shartnomasi bu-haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-mulk evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul bilan belgilangan haq to’laydi.Oldi-sotti shartnomasi konsessual shartnomalar guruhiga mansub.Boshqacha aytganda,bu shartnoma bo’yicha taraflar o’rtasidagi huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to’g’risida o’zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Oldi-sotti shartnomasi qadim zamonlardan kishilar o’rtasida keng qo’llanilgan shartnomalar sirasiga kiradi.U taraflarning maxsus (og’zaki va yozma shaklda)kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlab o’tishim lozimki har qanday bitim shartnoma bo’lishi mumkin ,lekin har qanday shartnoma bitim bo’laolmaydi.

Birinchidan ,ushbu holatda Ashurov, Nodirovaga notebukni 3 mln so’mga sotyapti,lekin uni yozma shaklda rasmiylashtirmadilar ,biroq taraflar xaridor pulni sotuvchiga zudlik bilan o’tkazishi to’g’risida, og’zaki kelishdi.Sotuvchi esa oldi-sotti shartnomasi tuzilgan kundan 10 kundan keyin, notebukni xaridorga topshirishni kelishib oldi,xo’sh bunday paytda yozma shaklda rasmiylashtirilmasa ham bitim tuzilgan bo’ladimi ?Oldin shuni aniqlashtirib olamiz.Fuqarolik kodeksining 106-moddasida qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo’yilmagan ,jumladan u tuzilayotgan vaqtning o’zidayoq bajariladigan bitim og’zaki tuzilishi mumkin.Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo’lgan hohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan bo’ladi.Bu moddadan ko’rishimiz mumkinki, qonunda og’zaki tuzilishiga ruxsat etilgan bitmlar ,konklyudent harakatlar ,ya’ni shaxsning o’zini tutishidan bitimni tuzish istagi yaqqol ko’rinadigan xulq-atvor orqali ko’rinishi mumkin Shunday ekan ushbu kazusimizdagi taraflar bitimni yozma shaklda rasmiylashtirmasalar ham bitim tuzilgan bo’ladi.Chunki kazusimizda Nodirova o’z hohishiga ko’ra 3 mln so’mni berdi va sotuvchi ham o’z hohishiga ko’ra pulni qabul qildi,demak ular o’rtasida bitim tuzilgan bo’ladi.Ushbu kodeksning 420-moddasida esa oldi-sotti shartnomasida , sotuvchi tovarni topshirishdan oldin ,sotib oluvchi uning haqqini to’lash yoki qisman to’lash (oldindan haq to’lash)majburiyati nazarda tutilgan hollarda ,sotib oluvchi tovar haqqini shartnomada nazarda tutilgan muddatda to’lashi lozim.Oldindan to’langan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish bo’yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda ,sotib oluvchi haqqi to’langan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan to’langan summani qaytarib berishni talab qilishga haqli. Hattoki,sotuvchi oldindan haqqi to’langan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa ,oldindan to’langan summa uchun Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq ,tovarni topshirishi lozim bo’lgan kundan boshlab ,tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldinda to’lab berilgan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar to’lashi lozim.Shartnomada sotuvchining oldindan to’langan summa uchun foizlarni bu summa sotib oluvchidan, olingan kundan boshlab to’lash majburiyati nazarda tutiladi. Shunday ekan Nodirova nafaqat oldindan to’langan summasini talab qilishga,balki ,pullarni bergan kundan boshlab ,uni qaytarib olgunga qadar vaqt uchun foizlari bilan olishga haqli ekan.

Yüklə 99,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin