1. Ustav nima



Yüklə 99,24 Kb.
səhifə3/32
tarix11.06.2023
ölçüsü99,24 Kb.
#128389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

Application:
Yuqoridagi savollarga javob berishdan avval yuridik shaxs o’zi nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Yuridik shaxs – bu O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. Yuridik shaxsning ozi tijoratchi va tijoratchi bo’lmagan tashkilotlarga bo’linadi. MCHJ esa tijoratchi yuridik shaxs xisoblanadi. FK I qism 62-moddasiga ko’ra Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Yuridik shaxs va Masuliyati cheklangan jamiyat haqida oz bo’lsada malumotga ega bo’lgan bo’lsak unda savollarga javob berishni boshlaymiz.
Birinchi savolga keladigan bo’lsak Abdullayev sobiq tasischining noqonuniy harakati yuzasidan davo arizasi bilan murojaat qilgan. Da’vo arizasi bu -buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan man-faatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat.  Abdullayevning davo qilish huquqi konstitutsiyamizning 35-moddasida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart. Bundan tashqari konstitutsiyamiz 44-moddasiga ko’ra: Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Kazusda ham Abdullayev MCHJga tegishli bo‘lgan “MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashinalarga bo’lgan mulk huquqini tiklash maqsadida davo arizasi bilan murojaat qilgan. FK I qism 164-moddasiga binoan Mulk huquqi bu shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. MCHJ - bu yuridik shaxs “MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashina esa uning mulki hisoblanadi. Abbdullayev esa MCHJ direktori.
“MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashina MCHJ ustavi orqali sotib olinganini hisobga oladigan bo’lsak bu mashinalar MCHJ ning mulki va Abdullayev shu mashinalardan foydalanish huquqi MCHJ ga tasischi bo’lgandan so’ng vujudga kelgan. Sobiq MCHJ tasischisida esa bu huquq MCHJ tasischilar ro’yxatidan chiqarilgach bekor bo’lgan. Shuni ham unutmasligimiz kerakki soboq hissador MCHJ dan chiqayotgan vaqtda «TRANS SERVIS» MCHJning ustavida belgilab qo’yilgan tarzda o’zi qo’shgan hissa doirasida o’z ulushini olgan bo’lishi kerak. Bunday holda oldingi tasischining harakati noqonuniy his9blanadi va Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 61-moddasiga binoan javobgarlikga tortilishi mumkin. Bunday holda Abdullayevning davosi mutlaqo o’rinli.
Endi esa ikkinchi savolga yuzlanadigan bo’lsak. Tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi bu muammoning ham ikkinchi tomoni mavjud. MCHJ ni tashkil etish uchun albatta ustav fondi zarur hisoblanadi. Ustav fondi bu taʼsischilar — ishtirokchilarning oʻzlari tashkil etgan kompaniya, xoʻjalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablagʻlari majmui. Endi esa “Masuliyati cheklangan jamiyat hamda qo’shimcha masuliyatli jamiyat to’g’risi” dagi qonunning 15-moddasi 1-bandiga binoan Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin. Endi esa shu moddaning 5- qismiga nazar soladigan bo’lsak Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi. Demak ustav fondiga nafaqat pul mablag’lari balki boshqa mulk huquqini vujudga keltiruvchi ashyolarni ham qo’shsa bo’lar ekan. Masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, oldingi tasischi “MAZ 953000 010” rusumli 4 ta avtomashinalarni o’z hisobidan MCHJ ustaviga qo’shgan bo’lishi mumkun va yuqoridagi moddaga binoan mashinalarni qo’shgan vaqtda shu mashinalardan necha yil davomida foydalanilishi ham belgilangan. Endi oldingi tasischi ketar chog’ida shu muddat ham yakunlangan bo’lsa sobiq tasischining mashinalardan foydalanishi mumkin. Ammo muddat hali tugamagan bo’lsa , mashinalardan foydalanish muddati tugagunga qadar kutushi kerak edi.

Yüklə 99,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin