1. Ustav nima



Yüklə 99,24 Kb.
səhifə4/32
tarix11.06.2023
ölçüsü99,24 Kb.
#128389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)

CONCLUSION:
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bu vaziyat Abdullayevning oldingi tasischi ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin va bu konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan. Sobiq ta’sischiga keladigan bo’lsak, agar mashinalarni o’z hisobidan ustav kapitaliga qo’shgan bo’lsa va ulardan foydalnish muddati nihoyasiga yetganligi sababli, mashinalarni olib ketishi mumkun. Agar myddat hali tugamagan bo’lsa muddat tugashini kutishi kerak edi. Agarda mashinalar MCHJ ustav kapitali orqali sotib olingan bo’lsa, Sobiq ta’sischining bu mashinalardan foydalanishi noqonuniy hisoblanadi.
3-kazus


4-kazus
Fozilov Ismoilovdan 10 mln so’m miqdorida qarz berib turishini iltimos qiladi. Ismoilov esa 8 mln so’mdan yuqori bitimlar yozma shaklda tuzilishi kerakligini, Fozilov esa jismoniy kamchiligi borligi uchun bitimni imzolay olmasligini aytganida, Fozilov uning o’rniga turmush o’rtog’i Fozilova bitimga imzo qo’yishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bitim tuzilganidan so’ng qarzni qaytarish muddati kelganida Fozilov Ismoilovga bitimni u tuzmaganligini, turmush o’rtog’i bilan ajrashib ketganligini, qarzni undan olishi mumkinligini ma’lum qiladi. Bundan xabar topgan Fozilova esa qarzni u emas, balki Fozilov olganligini, agar Ismoilov sudga murojaat qilsa, guvoh sifatida ko’rsatma berishligini ma’lum qiladi. Fozilov esa bitim tuzishning oddiy yozma shakliga rioya etmaslik taraflarni guvohlar ko’rsatuvidan foydalanish huquqidan mahrum etishini, ya’ni bu holatda Fozilovaning ko’rsatuvlari sud tomonidan inobatga olinmasligini ma’lum qiladi.
Issues
1. Bu vaziyatda Fozilovning oʻrniga uning turmush oʻrtogʻi Fozilova bitimga qoʻl qoʻyishi qonuniymi?
2. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qanday?
3. Bu vaziyatda Ismoilov qarzni kimdan talab qilishi kerak?

Rules
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
Applications
1. Dastlab bitim haqida toʻxtalib oʻtsak. Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.1 Bitimlar ogʻzaki va yozma ( oddiy va notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Kazusimizdagi vaziyatda bitim oddiy yozma shaklda tuzilgan. Bitim tuzish jarayonida Fozilov jismoniy kamchiligi borligi sababli bitimni uning o'rniga turmush oʻrtogʻi Fozilova imzolashini aytadi va qarz shartnomasini Fozilovning o'rniga turmush oʻrtogʻi fozilova imzolaydi. Xoʻsh bu holat toʻgʻrimi? Fuqarolik kodeksining 107-moddasi 6-bandiga muvofiq:
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan o‘zi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaxsan o‘zi imzolay olmasligining sabablari ko‘rsatilishi shart.
Bundan koʻrishimiz mumkinki Ismoilov va Fozilov bitim tuzish jarayonida Fozilovning jismoniy kamchiligi borligi tufayli uning oʻrniga boshqa fuqaro, jumladan uning turmush oʻrtogʻi imzolashi mumkin. Lekin bu vaziyatda boshqa fuqaro ya'ni Fozilovning imzosi notarius yoxud bunday notarial harakatni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilishi va bitim tuzuvchi Fozilov bitimni shaxsan o‘zi imzolay olmasligining sabablari ko‘rsatilishi kerak edi.
2. Lekin kazusimizda keltirib oʻtilganidek bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilinmagan. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik va uning oqibatlari Fuqarolik kodeksining 109-moddasida keltirib oʻtilgan. Unga koʻra: Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Kazusdagi vaziyatda Fuqarolik kodeksining 107-moddasining 6-bandiga rioya qilinmagan. Bu vaziyatda nizo kelib chiqqach ya'ni Fozilov bitimni u tuzmaganini vaj qilib qarzni undan emas Fozilovadan olishini aytgan. Fozilova esa qarzni u olmaganligini agar Ismoilov sudga murojaat qilsa guvoh sifatida koʻrsatgan berishini aytadi. Lekin Fozilov ta'kidlaganidek bu vaziyatda tomonlar ( Fozilov va Ismoilov) guvohlar koʻrsatuvidan mahrum etiladi va Fozilovaning koʻrsatmasi inobatga olinmaydi.
3. Ushbu muammoli vaziyatda Ismoilov pulni Fozilovdan talab qilishi kerak chunki qarzni Fozilov olgan. Lekin imzoni Fozilova qoʻygan. Bu esa oʻz navbatida qarzni qaytarish vaqti kelganida tomonlar oʻrtasida nizo kelib chiqqan.


Yüklə 99,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin