Toshkent miliya instituti “Byudjet hisobi va gaznachilik” fakulteti MMT-93/2 guruh talabasi Ashurmurodov Farhodning Pul va banklar fanidan oraliq nazorat ishi
1-variant 1.Bank tizimi va kredit tizimi nima? 2.Markaziy bankning bosh maqsadi nima va ularga ta`rif bering?
Tijorat banklari operatsiyalar bajaradi? A)Depozitariy, kredit, ishlab chiqarish
B)Investitsiya, ssuda, savdo
C)Depozitlar, trast, sug`urta
D)Kafolat, konsalting, hayring
Toshkent-2023 1-variant Bank tizimi va kredit tizimi nima? Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo'lib mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy xizmatlarni ishlab chiqarish, muomala va istcmol qilish bilan bog'liq holda ko'rib chiqish zarurdir.
O'zining amaliy faoliyatida banklar xujalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan o‘zviy ravishda bog'liq. Shu bilan birga banklar soliq tizimi, baho tizimi, baho va daromad siyosati, tashqi faoliyat iqtisodiy faoliyat shartlari bilan o'zviy aloqada bo'lishlari shartdir. Bu shunday darak beradiki mamlkatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ko'p hollarda bank tizimi faoliyatiga boshqa ijtimoiy - xo'jalik mexanizmi bilan aloqadorligidagi harakatiga bog'liqdir.
Bank tizimi yagona manoga ega emas. Uni turli tamoyillarini ko'rish, turli holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko'ra intitutsional chizma ko'rinishida ko'rib chiqish mumkin. Bundan tashqari bank tizimini bajaradigan funksiyalari, o'zaro aloqadorligi, mavqye, maxsus yo'nalishi. bajaradigan operatsiyalarga va ularni tanbex ctilishiga qarab ham guruhlash mumkin.
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit; munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali xuquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bush mablaglari yigiladi va korxona, tashkilotlarga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha buginlardan iborat bulishi mumkin. Mablaglarni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi buginlari uz xususiyatlariga ega qiladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi uzining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruzhlarga bulinadi.
• Markaziy bank
• Tijorat banklar
• maxsus-kredit institutlar
Bozor iqtisodi sharoitida ikki pogonali kredig bank tizimi kup mamlakatlar iqtisodining asosi xisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir,
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:
• tijorat banklar;
• investitsiya banklari;
• jamgarmalar jalb qiluvchi banklar O`zbekistonda Xalq banki);
• ipoteka banki;
• savdo banklari.
Tashqi iqtisodiy aloqalar buyicha banklar tarmoqlar buyicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit tashkilotlarga:
• nafaqa va boshqa fondlar kiradi.
Kredit tizimida asosiy urinni bank institutlari, bank institutlari tarkibida salmoqli urinni tijorat banklari egallaydi.
Tijorat banklari kredit tizimining boshqa buginlariga nisbatan kuproq bush resurslarni jalb qiladi va ko`p miqdorda mijozlarga kreditlar beradi.
Markaziy bankning bosh maqsadi nima va ularga ta`rif bering?
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat“, deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kred it hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga sol ish, valuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va ta’sirida bo‘lmagan turli omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini, birinchi galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valuta kursini belgilashni idora qiladi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi lozim.
Tijorat banklari operatsiyalar bajaradi? Depozitariy, kredit, ishlab chiqarish