1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


So`z ma’nosini tushuntirish usullari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə140/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
VARIANT 2023

So`z ma’nosini tushuntirish usullari

Tayanch so’z va iboralar: So’zlarning ma’nosi, atama, o’qish kitoblari, matn, ko’chma ma’no, badiiy nutq, tanish bo’lmagan so’z, so’z boyligi, lug’at. - 20 ball

  1. Uch xonali sonni bir xonali va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish usullari.Uch xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish usullari.To‘rt xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish usullari.

Tayanch so’z va iboralar: uch xonali sonni bir xonali va ikki xonali songa ko‘paytirish, uch xonali sonni bir xonali songa bo‘lish, to‘rt xonali sonni bir xonali songa bo‘lish. - 20 ball

  1. Texnologiya ta’limida plastilinni tayyorlash texnologiyasi

Tayanch iboralar: birinchi variant, toza quruq loy, glitserin, quritilgan loy, mum. - 20 ball

  1. Ergashgan qo’shma gapning turlari.

Tayanch so’zlar: Ega ergash gapli qo’shma gap, kesim ergash gapli qo’shma gap va hokazo. - 20 ball
Tuzuvchilar: D.Qodirova Sh.Yoqubov
R.Mustafaqulov A.Djurakulova
D.Yakibova.


110-VARIANT



  1. Boshlang`ich sinflarda so`z birikmasi va nutq ustida ishlash.

Tayanch so’z va iboralar: leksik, sintaktik va bog’lanishli nutq, bosh so’zdan ergash so’zga so’roq berish, so’zlarning o’zaro bog’lanishini aniqlash. - 20 ball

  1. Nutqiy xatolarni to`g`rilash va oldini olish yo`llari

Tayanch so’z va iboralar: Xato turlari, xatolar ustida ishlash, noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish. - 20 ball

  1. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish.

Tayanch so’z va iboralar: sinfdan tashqari ishlar, to’garak, fakultativ mashg’ulotlar, matematik matbuot, mateatika ertaligi. - 20 ball
Sinfdan tashqari o’qish ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan




  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin