Tayanch iboralar: gazeta yozib, qog‘oz qo‘yiladi, mo‘yqalam, avval chap, so‘ngra o‘ng tomonga qarab yelim suriladi. - 20 ball Ko`p ma`noli so`zlar va ma`nodosh so`zlar haqida to`liq ma`lumot bering. Ularni bir-biridan farqli jihatlarini misollar asosida keltiring.
Tayanch so’z va iboralar: geometrik tushunchalar, geometrik shakllar haqida tasavvur, fazoviy tushunchalar, ko’pburchaklar. - 20 ball O’quvchilar inshosini tahlil qilish.
Tayanch so’z va iboralar: mavzuni yozish, reja, kompozitsiya, izchillik, janri, uslubi, insho hajmi, leksika, sintaksis, imloviy va punktuatsion savodxonlik, husnixat. - 20 ball Boshlang‘ich sinflarda matematika fanining fanlararo aloqadorligi.
Tayanch so’z va iboralar: metodika, matematika, , boshqa fanlar, aloqa, pedagogika, psixologiya, o’qitish jarayoni. - 20 ball Matematika fanining boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlashnazariyasini boyitish, uni amaliyotga qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatib berish pedagogikafanining dolzarb muammolaridandir. Pedagogik nazariyadan matematikaning boshqao‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi g‘oyasini ajratib olish va uni mustaqil didaktikmuammoga aylantirish Ya.A.Komenskiy,I.G.Pestalotstsi,A.Disterveg, K.D.Ushinskiykabi olimlarning nazariy va amaliy izlanishlarida o‘z aksini topganligi ma’lim.Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zara aloqadorligi muammosiga ular turliqarashlar bilan yondashganlar. O‘tgan asrning 30-yillarida matematikaning boshqao‘quv fanlari balan o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga politexnik hamda mehnat ta’limini rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashilgan. Shuningdek,matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi sinfdan tashqari ta’lim, o‘lkashunoslik,ekologik,ma’naviy- axloqiy ta’lim-tarbiya mazmunida ham o‘z ifodasini topganligini ko‘rish mumkin. Bunda turli fan sohalariga oid bilim va tushunchalar o‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan yondashilgan holda uyg‘unlashtirilgan. Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi ta’minlangan pedagogic sharoitda o‘qitish jarayonida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda o‘qituvchining tutgan o‘rnini alohida ko‘rsatib o‘tish mimkin. Matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi ta’minlangan sharoitda o‘quvchlarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyatini, faolliklarini, qiziqishlarini, aqliy intellektual imkoniyatlarini ortishiga erishiladi.Matematikaning boshqa o‘quv fanlari balan o‘zaro aloqadorligini turli o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mosligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim. Shuni ta’kidlash kerakki,matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi mustaqil didaktik tamoyil sifatida ajratilishining o‘ziga xos tendentsiyasi ham mavjud. Umumiy o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturlarida matematikaning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi kasbga yo‘naltiruvchi tamoyil vazifasini bajarishi mavjud ilmiy manbalarda ta’kidlanadi. Fanlararo aloqadorlik nazariyasining rivojlanishida tabaqalashtirilgan holathukm sursa ham amaliyotda o‘zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada orttiradi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolari o‘quvchilarni har bir o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarni tez va puxta o‘rganishga, ko‘nikma va malakalarni oshirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ta’lim sohasidagi islohotlar tufayli o‘quv fanlarining mazmuni yangilanib bormoqda, maktablarda o‘quv fanlari tizimida yangi fanlar kirib kelmoqda.Ularning o‘zaro aloqadorligi asosida ta’limning samaradorlik darajasi ortib bormoqda. Masalan,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga bo‘lgan faolligini oshirishda fanlarni chet tili fani bilan bog‘lab olib borish dars samaradorligini oshiradi.