3. Matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash. O’quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko’pincha og’zaki tarzda o’tkaziladi.
O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Boshlang’ich sinf matematika kursining mazmuni.
Tayanch so’z va iboralar:metodika, matematika, o’qitish metodikasi, o’quv faoliyatini tashkil etish, o’qitish jarayoni. - 20 ball Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish mazmunini tanlash va bu materialni ma'lum sistemaga joylashtirish va bu materialni o‘tish uchun usullarni tanlash matematika o‘qitishni asosiy vazifalardan kelib chiqadi. Yuqorida aytganimizdek boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish umuman yuqori sinflarda matematika o‘qitishning organik bir qismidir. Bu 5-6-7-sinflarda matematika bu matematikaning davomi bo‘lib boshlang‘ich sinflardagi matematika uning poydevoridir. Shuning uchun ham boshlag‘ich matematika kursining tuzilishi o‘zining alohida хususiyatiga egadir:
хususiyat: А^^ек material kursining asosiy materiali bo‘lib, u butun kursning sterjenning tashkil etadi. Bu хaqda dasturning tuShuntirish хatida: "Boshlang‘ich matematika kursining asosida arifmetik 4 amal, (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish) natural sonlar va miqdor sonlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda algebra va geometriya elementlari kiradi. bu material barcha arifmetik bilimlar sistemasiga kirib, sonlar, arifmetik amal, matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni oliy darajada o‘zlashtirishga ko‘maklashadi".
Jumladan geometrik va algebraik material alohida emas ular arifmetik material bilan garmonik qo‘shilgan. Bunday ko‘shilish birinchidan geometriya va algebra fanlari haqida barvaqt tushuncha berishda, ikkinchidan arifmetik materialni puхta o‘zlashtirishda ko‘malashadi.
хususiyat: -Matematika kursida material konsentrik joylashgan. Dastavval I o‘nlik sonlari o‘rgatiladi, bu sonlar ustidao‘shish, ayirish amali urgatiladi, keyin 2-o‘nlik sonlari ustida qo‘shish, ayrish amali undan keyin yigirma birdan yuz gacha sonlara ular ustida to‘rtala amal, keyin mingacha bo‘lgan sonlar va ular ustida amallar, eng ох^а ko‘p хonali sonlar o‘rgatilib ular ustida arifmetik amallar o‘rgatiladi. Shunday qilib kurs beshta katta konertga ajratiladi. Shu konsentrlarga bog‘liq holda asosiy miqdorlar o‘rgatiladi. Geometrik va algebraik materiallar o‘rgatiladi.
XIX asrning 50-yillargacha materialni chiziqli joylashtirib o‘rgatish kabul qilingan edi. Lekin ХХ asrning 2-yarmida Gurev, degan rus metodisti (1807-1884) o‘zining 1861 yilda yozgan "Аmaliy arifmetika" kitobida shunday degan: "Fanga hamma vaqt o‘quvchilarning kuch va imkoniyatlari bilan bilim berish kerak, shu maqsadda ham maktabga endi kelgan bolalarga 1-10 gacha sonlarni o‘rgatish va shu sonlar ustida qo‘shish, ayirishni o‘rgatish kerak."
Gurev ikkita konsertni ajratadi:
o‘nlar
yuzlar
Uning bunday ishi metodikani tubdan o‘zgartirdi, va shu bilan u matematikani ongli o‘zlashtirish prinsipiga amal qildi.