Tayanch so’z va iboralar: shaxsni o’zgartirish, boshqa personaj tilidan qayta hikoya qilish, ijodiy to’ldirib qayta hikoya qilish, so’z bilan tasvirlash yoki, sahnalashtirish. - 20 ball Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang’ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. SHaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang’ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko’proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o’quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o’quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o’qituvchi rahbarligida gapning kesimini o’zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o’zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so’zini ishlatadilar. Shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o’qish darslarida olib borilgan bunday og’zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o’tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish. 3. Matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash. O’quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko’pincha og’zaki tarzda o’tkaziladi.
O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.