1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə61/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
VARIANT 2023

126 4752 54752 837 6837 76837

  • +172 + 3246 +43246 - 425 - 2425 - 52425




    1. Yozuvlar tarixidan ma’lumot.

    Tayanch so’z va iboralar: yozuv, uning tarixiy bosqichlari, qadimgi yozuvlar, yozuv turlari. - 20 ball
    Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g’in, tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig’indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan.
    Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika indeeslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan. Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.
    Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.
    Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
    1) Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo‘g’inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi1. Turli tipdagi Misr iyerogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
    2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
    3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX-asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun-enesey yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX asrning 90-yillarida tilshunos olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
    4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo‘ladi va ularning grammatik jihatdan o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko‘rsatdi.
    15. Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot. Tayanch so’z va iboralar: xattotlik san’ati, eski maktab, arab yozuvlari, “Savodi ta’lim”, kitob yozish jarayoni.
    O'rta asrlarda har qanday asar qo'lda ko'chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko'chirish katta hunar va san'at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bo'lganlar. Xattotlaming ko'chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib ularni zavqlantirgan. Shuning uchun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy kishilar emas, balki o'sha davrning ilm- ma'rifat va yirik madaniyat arboblari hisoblangan. Qo'lda ko'chirilgan har bir asar san'at mo'jizasi kabi nodir asar hisoblangan. XIV- XVI asrlarda bir qancha iste'dodli- san'atkorlar- nafis kitoblarning ijodkorlari yetishib chiqdi. Muhammad bin Husayn At- Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari o'rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan hattotlik san'atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o'z asarlarininggma emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko'chirganlar. Masalan, Xofiz Sheroziy, Xisrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko'chirgan. Alisher Navoiyning moxir xattot ekanligi tarixiy manbalardan malum. Zaxiriddin Muxammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab «Xatti Boburiy» deb atalgan alifbe yaratdi. Munis Xorazmiy xattotlik san'ati haqida «Savodi ta'lim» nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda nafis xat bilan ko'chirdi. Muqimiy ham juda mayda nastaliq va shikasta xati uslubida bayoz ko'chirgan. Bularning hammasi shuni ko'rsatadiki, O'rta osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nixoyatda kuchli bo'lgan. Qo'l yozmalarni kitob xoliga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qoqozrez (qog'oz quyuvchi), xattot (kalligraf), muzaxxib (oltin suvi bilan bezak beruvchi), lawoh (lavxa chizuvchi), musawir (rassom) va saxxof (muqovachi) ishtirok etadi. Shu yo'sinda tayyorlangan nafis kitoblar shoxlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.




    1. Yüklə 0,49 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin