2 Estetika tushunchasining moxiyati. Estetika so’zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham estetika bir qancha ma’nolarda qo’llaniladi. Voqelikdagi tabiatan nozik narsalar va hodisalar in’ikosi – badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorqin dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda nozik ifoda usullari qo’llanilishi, ifoda usulining bag’oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar diqqatga sazovordir. “Estetika” atamasi o’rnini bevosita va bilvosita “Nafosat” atamasi bosa oladi. Ko’pchilik “estetika” atamasiga o’rgangani uchun “nafosat” atamasini chuqur his qilol-maydi. Estetika fan sifatida voqelikning go’zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy faoliyatining hamma sohalarida go’zallik va xunuklik tuyg’ularini, ayniqsa, badiiy ijodning umumiy qonunlarini o’rganadi. Biz voqelikdagi go’zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz nisbiy bo’lib, ularni xolis baholash estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go’zallik zohiriy va boti-niy ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go’zal, botinan xunuk bo’lsa, bu erda tom ma’nodagi go’zallik deb bo’lmaydi. SHu bois donishmandlar tashqi va ichki go’zallik mutanosibligiga alohida ahamiyat berganlar. Estetika o’z mohiyatiga ko’ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan farq qiluvchi o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o’tmish madaniy merosi, hozirgi kun tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg’unlashgan holda namoyon bo’ladi, fan voqea-hodisalarning qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa, estetika voqea-hodisalarni xayol, to’qima obrazlar vositasida ifodalaydi
15-variant 1 O’zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi.
Ta‘lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an‘analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg’or yutuqlari asosida ta‘lim mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularni har tomonlama rag’batlantirish, bilim va ko’nikmalarining puxtaligini ta‘minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosda ta‘lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo’ldi.
O’tgan davr mobaynida O’zbekistonda ta‘lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta‘lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko’zda tutilgan:
ta‘lim tizimini bozor iqtisodiyoti va ochiq jamiyatga moslashtirish;
aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti bo’lgan ta‘lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
ta‘lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko’rsatilishini ta‘minlash maqsadida ta‘lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
ta‘lim sektori boshqaruvini takomillashtirish.
Ta‘lim tizimini isloh qilish Konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda yangi taxrirda qabul qilingan Ta‘lim to’g’risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topdi.(Ta‘lim to‘g‘risidagi birinchi qonun 1992 yil iyunda qabul qilingan edi).
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 3 bosqichda amalga oshirildi.
I bosqich 1997-2001 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo’shimcha 65 milliard so’m sarflandi. Bu bosqich «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning moddiy-texnik bazasini yaratish davri deb nomlandi.
bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning sifat bosqichi deb nom oldi.
II bosqich 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda Dastur ijrosi yakuniga yetkazilib, erishilgan natijalar, to’plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etildi hamda shu asosda yurtimizda yangi ta‘lim tizimi yanada takomillashtirildi. Shy boisdan bu bosqich "Ta‘lim tizimini modernizatsiyalash davri", deb ataldi.