2 Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafani siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubxaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. Dunyoqarashda sezgi va idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq atvorni tarbiyalanshing roli.Ontologiya borlik haqidagi ta’limot. Ontologiya va muxandislik bilimi. Din ontologiyasi. Jamiyat va inson borlig‘i. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy omillar.Shaklllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Insoniyat tamaddunining jahon me’morchiligidagi rivoji. Falsafiy kategoriyalar. Metafizika va dialektika. Dialektika qonunlari.
22-variant O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.
Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O’zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo’lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan. Konstitutsiya O’zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishiga qonuniy asos soldi. O’z ona vatanining mustaqil davlat bo’lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O’zbekiston xalqi o’z maqsadiga erishdi, o’z davlatchiligiga o’zi ega bo’ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.
O’zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya komissiyasi tarkibi qisman o’zgardi.Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bo’lib o’tdi.