Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog’lanish va aloqadorlik to’g’risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo’lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o’zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to’qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko’ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o’z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o’z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to’g’risida o’z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o’zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo’l qo’yiladigan qarama-qarshi fikrlar o’rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o’rta asrlarda ham davom etgan. Buni o’rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo’q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o’rta asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo’lib, hatto bu narsa Uyg’onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o’zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo’lib xizmat qiladi.
20-variant 1 Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritishi bilan mamlakat sog’liqni saqlash infratuzilmasini rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarish, aholi sog’lig’ini himoya qilish tizimidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish vazifasi yuzaga keldi.Aholi salomatligiga g’amxo’rlik qilish O‘zbekjstonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, OITS bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida (1991-yil), Davlat sanitariya nazorati to’g’risida (1992-yil), Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to’g’risida (1996-yil 29-avgust), Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risidagi (1997-yil) Qonunlari aholi salomatligini saqlashning huquqiy kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.1996 yilning 29 avgustidan Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi Qonun kuchga kirdi, unda davlat siyosatining sog’liqni saqlash tizimiga yangicha yondashuvi ifodalandi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991-1996-yillarda 249 ta tish protezlash muassasalari va stomatologik poliklinikalar, 28 ta xo’jalik hisobidagi tibbiy ko’rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999-2001-yilda 154 ta tibbiyot subektlari xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko’rsatuvchi subektlar ham vujudga keldi. 2001-yilda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko’rsatuvchi subektlar soni 4000 taga yetdi.Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish ishlariga respublika Sog’liqni saqlash vazirligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlari bo’limlari bosh-qosh bo’lmoqdalar. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati, Sog’lom avlod uchun”, “Mehr-shafqat”, “Sog‟lomlashtirish va sport”, nogironlar respublika jamg’armalari sog’liqni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko’maklashmoqdalar