1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


Buddaviylik dinining paydo bulishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari hamda O’rta Osiyoga kirib kelishi



Yüklə 101,15 Kb.
səhifə32/39
tarix11.06.2023
ölçüsü101,15 Kb.
#128651
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
falsafa javoblari

Buddaviylik dinining paydo bulishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari hamda O’rta Osiyoga kirib kelishi.

Buddiylik ta’limotida har qanday borliq(moddiylik) barcha ko’rinish va shakllardagi har qanday hayot-hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug’ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog’langanligi, unga ko’ngil qo’yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg’u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi; “borliq girdobi” dan chiqib olish uchun g’aflatdan uyg’onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan ko’ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlar-dan voz kechish lozim; faqat shundagina “najot topish yo’li” ga kirish mumkin. Ilk buddiylikda bunday najotdan faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi.
Buddiylik ta’limotiga ko’ra, azob-uqubatlardan xalos bo’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa) ga o’tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddiylikda barvaqt vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddiylik mahzablaridan bo’lmish hinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g’oyat salbiy rol o’ynamoqda. Rohiblar buddiylikka e’tiqod qiluvchilar orasida noo’rin tarzda juda katta obro’ va hurmatga sazovar bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.
Buddizm ta’limoti asosan uch qismdan iborat:axloq;meditatsiya;donolik;Axloq normalari-«Pancha shela» (Buddaning besh nasixati)-qotillikdan saqlanish;-o’g’irlikdan saqlanish;-gumroxlikdan saqlanish;-yolg’on qalbaki narsalardan saqlanish;-mast qiluvchi narsalardan saqlanish.Meditatsiya-to’g’ri tushunish, buddaning birinchi davatida so’z yuritilgan to’rt xaqiqatni bilish va unga ishonish;-to’g’ri niyat qilish-dunyoning lazzat-xalovatlaridan xalos bo’lishga, keraksif fikrlardan saqlanishga intilish;-o’zini to’g’ri tutish-o’ziniki bo’lmagan narsaga ko’z olaytirmaslik, ortiqcha xissiyotga berilmaslik;-to’g’ri anglash-o’z tanasi va ruxiga o’zini yo’qotib qo’ymaydigan darajada nazoratda bo’lish xamda bunda extiroslar va iztiroblarga chek quyish.-to’g’ri xarakat qilish-o’zidani yomon tuyg’ularni jilovlash.-to’g’ri xayot kechirish-noma’qul xayot tarzidan saqlanish.-to’g’ri fikr yuritish-kamolotni to’rt bosqichini ketma-ket bosib o’tish.-to’g’ri gapirish-yolg’ondan, tuxmatdan, xaqoratdan saqlanish.


Yüklə 101,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin