1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish


-Variant 1.SWIFT to’lov tizimidan foydalanish usullari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə25/30
tarix11.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#96156
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
EET yakuniy

10-Variant
1.SWIFT to’lov tizimidan foydalanish usullari.
SWIFT to’lov tizimining tashkil topishi va ma’lumotlar almashinuvi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g’risida»gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan. Kompaniyalar katta hajmdagi axborot oqimini to'plash va qayta ishlash, biznes-jarayonlar, moliyaviy, moddiy, nomoddiy, mehnat hamda boshqa resurslarni hisobga olish va nazorat qilishni ta'minlash jarayonlarini avtomatlashtirishga ehtiyoj sezmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan elektron tijoratda tomonlar o'rtasidagi bitimlar Internet tarmog’idan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilmoqda.
Ma'lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to'lovlarni o'tkazish, aktivlarni boshqarish va ma'lumotlar bilan ta'minlash bo'yicha kompleks xizmat ko'rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashhur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT hisoblanadi. Bu tizimga qo'shilgan har qanday bank o'zini jahon moliya uyushmasining to'liq a'zosi deb hisoblashi mumkin.
SWIFT — o'tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmoqda.
SWIFT so’zi — «Xalqaro banklararo telekomunikatsiyalar jamiyati» ma'nosini anglatadi va a'zo banklar o’rtasida ma'lumot yuboruvchi vosita xizmati vazifasini bajaradi.
1973 yil Evropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya — SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) ga asos soldilar.
Jamiyatning vazifasi — yagona bank xabarlari tizimini yo'lga solish va qo'llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning har qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko'rsata boshladi. Ma'lumotlar tarmoq bo'yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko'rinishida uzatiladi.
SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, guruh va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo'llab-quvvatlaydi. Standartlarni jahon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga hujjatlar bilan almashish va nizo hamda xatolardan qochish imkonini beradi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin