1-variant savollar


Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?



Yüklə 15,36 Kb.
səhifə5/5
tarix05.12.2022
ölçüsü15,36 Kb.
#72498
1   2   3   4   5
1-VARIANT-WPS Office

7. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
Uslub (approach) – bu bir necha usul va tamoyillar yig‘indisi hisoblanib, ular orqali tadqiqot maqsadiga erishish yo‘llari belgilanadi.Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining turli bosqichlarida tadqiqotning turli xil uslublaridan foydalanilgan (formal-logik, dialektik va boshq. ) va hozirda ham ulardan zamonaviy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda.Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning eng muhim tamoyili umumlashtirish hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va uning qonuniyatlarini, iqtisodiyotni bir butun darajada o‘rganish faqatgina umumlashtirish yoki agregatlash (aggregation) tamoyili orqali amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy tahlil agregatlashni talab etadi.
1-keys
Mazkur masalani o‘rganish uchun keysolog talabalarga O‘zbekiston mustaqillikka erishishdan oldin iqtisodiyotda davlatning roli qanday bo‘lgan, bozor iqtisodiyotida davlat qanday rol o‘ynashi kerak? Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirildi va buning natijasida nimalarga erishildi?, degan savollarga javob topishni maslahat beradi. Keysolog avvalom bor sobiq totalitar tizim va bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning o‘rni va rolini ifodalovchi tasnifiy jadvalni to‘ldirishni taklif qiladi.Talabalar ushbu savollarni muhokama qilib, davlatning sobiq sotsialistik tuzumdagi va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va rolini ifodalovchi quyidagi tasnifiy jadval tuzadilar:
Talabalar O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘ydi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash, buning uchun esa iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora- tadbirlari amalga oshirila boshlanganligini ta’kidlab, bu jarayonning qanday kechganligini tahlil va muhokama qiladilar.Tahlil jarayonida ular O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”, “Iqtisodiyot(5-modul. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish)” darsligi va H.P.Abulqosimov va O.Ya.Xamraevning “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad va uni amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tahlil qiladilar.O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish va uning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytiri jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:Xususiylashtirish jarayonida ikkita muhim strategik vazifa hal etilishi ko‘zda tutilgan: Birinchi strategik vazifaning asosiy mazmuni – bu davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan mulkning haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoit yaratishga imkon tug‘diradi.Xususiylashtirishning ikkinchi strategik vazifasi esa iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda rag‘batlantiruvchi kuchga ega bo‘lgan raqobat muhitini yaratish, shu orqali davlatni mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo etishdir. Ana shu modelga asoslangan holda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari shartli ravishda o‘zaro bog‘liq uch bosqichga bo‘linadi.


Yüklə 15,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin