2. Fanning qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalami boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma’muriy buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xo‘jalik subyekti, mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va keng hal etish uchun qator uslublami qo'llaydi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari boHib quyidagilar hisoblanadi:
• Oʻrganilayotgan obyektga (hodisaga) to'g'ri va xolisonabaho berish;
•Korxonaning biznes rejasini tuzish Uchun tegishli axborotlar bilan taminlash
• Tuzilgan biznes rejalaming to ‘g ‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish
Har bir yo ‘nalishga ta ’sir etuvchi omillami aniqlash,ulaming ta ’sirini hisoblash va shu omillami ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish;
• Biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta ’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir x o ja lik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlami о ‘rganish;
• Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish;
• Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to ‘lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chopa-tadbirlami qo ‘Hash yo ‘llarini ishlab chiqish;
• X o ja lik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;
• Korxonalarda mavjud bo'lgan samaradorlikni oshirish yo ‘lida ulaming imkoniyatlarini aniqlash;
• Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ко ‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;
• Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg'or g'oya va tajribalarni о ‘rganilayotgan hodisaga qo Hash yo ‘l-yo ‘riqlarini ко ‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbaini yetkazib berish;
• Eng to'g'ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalami boshqarish bo ‘yicha xulosalar berish;
• Korxonalami rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ко ‘rsatkichlar asosini aniqlash;
• Rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq bo'lgan va bog'liq bo'lmagan omillar va sabablami bir-biridan ajratgan holda aniqlash;
• Korxonalarning xo ja lik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo ‘Igan natijalami oldindan aniqlash;
• Korxonalami rivojlantirishga asos bo ‘ladigan innavatsion g ‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash;
• Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ко ‘rsatkichlar asosini aniqlash;