2.Qurilishning qurilish bosh plani. Qurilish bosh planini tuzilishi uchun quriladigan bino, inshoot yoki kompleksning bosh plani asos bo’ladi . Qurilish bosh planlari asosan ikki xil bo’ladi: butun qurilish maydonining territoriyasini qamrab oluvchi (mikrorayon, kompleks, qurilayotgan korxona) umummaydon bosh qurilish plani va alohida bino yoki kompleksga tegishli bir ob’yektni barpo etish territoriyasini o’z ichiga olgan alohida ob’yektning qurilish bosh plani.Umummaydon bosh qurilish planiQTEL(qurilishni tashkil etish loyihasi) tarkibiga kirib, loyiha tashkiloti tomonidan bosh pudratchi uchun ishlab chiqiladi va unda kompleksga kiruvchi ob’yektlarni qurilish plani va qurilish maydonida vaqtinchalik bino va inshootlarning, doimiy va vaqtinchalik kommunikatsiyalarini joylashtirilishi ko’rsatiladi. Umummaydon qurilish plani qurilishni tayyorlov va asosiy davrlari uchun yoki variant sifatida tayyorlov davri ob’yektlarini ajratib olgan holda qurilishni asosiy davri uchun loyihalanishi mumkin.
Ob’yektning qurilish bosh planiIBL(ISh bajarish loyihasi)ning tarkibiy qismi bo’lib, yuqori darajada aniqlashtirilib, qurilish tashkiloti tomonidan yoki uning buyurtmasi asosida institutlar tomonidan ishlab chiqiladi. Alohida ob’yektning qurilish bosh planida umummaydon bosh qurilish planida qabul qilingan qarorlarga aniqliklar kiritiladi. Alohida ob’yektning qurilish bosh plani qurilishni bir necha bosqichlari uchun yaratilishi mumkin: tayyorlov davri, “nol sikli “ ishlari, montaj sikli, pardozlash va tomyopma ishlari.
3.Qo’llaniladigan montaj mexanizamlari. Montaj qilish texnologiyasini amalga oshirish uchun texnik vositalar sifatida minorali kranlar, o’ziyurar strelali va chorpoyali kranlar tavsiya qilinadi. Binoning eni 18m gacha bo’lganda minorali va strelali kranlarni binoning bir tomoni bo’ylab, agar eni katta bo’lsa binoni ikki tomonidan yoki ichiga o’rnatiladi.
Yuk ko’tarish qobiliyati 5...25t gacha bo’lgan minorali kranlar ko’p qavatli sanoat binolarini konstruksiyalarini montaj qilishda keng qo’llaniladi. Qo’llanilayotgan strelali kranlar gusenitsali va pnevmog’ildirakli yurish qismiga ega bo’lib, 16t dan 100t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega va oddiy strela yoki minorali-strela jihozlariga ega.
Kranlardan (minorali va strelali) foydalanishning aralash varianti pastki qavatlarda o’rnatiladigan ustunlar og’irligi 8...10t bo’lsa, qolgan element konstruksiyalarining og’irligi 5t dan oshmasa qo’llaniladi. Bu holatda yuk ko’tarish qobiliyati 16...25t gacha bo’lgan strelali kranlar pastki qavatlardagi ustunlarni, boshqa qolgan barcha elementlar yuk ko’taruvchanligi 5t lik minorali kran bilan montaj qilinadi. Amalda montaj kranlarini joylashtirishni quyidagi sxemalari keng qo’llanilayapti: kran binoning bir tomonida – kengligi 24 m gacha bo’lgan 2...3 oraliqli bino; 2 kran binoning ikki tarafidan – 4, 6 va 8 oraliqli bino; kran binoning o’rta oralig’ida – 3, 5 va 7 oraliqli bino.