1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə13/48
tarix12.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111840
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-yostiqlar. Yig’ma lentasimon poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo’lib, ulardan biri poydevor asosiga joylashtiriladigan blok – yostiqlar va ikkinchisi – binolarning er osti qismi devorlari hisoblangan devor bloklaridir. Lentali yostiqlarni montaj qilishda dastlab o’qlar kesilgan nuqtadan metr bilan poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o’lchanadi va ikkita metall shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar lentasi chizig’idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (4.3-rasm). Agar loyihada boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo’lgan qumli yostiq ustiga joylashtiriladi.
Yerto’la devor bloklarini montaj qilish. Poydevor erto’la devorlari yostiqlari va bloklari texnologik karta bo’yicha, unda keltirilgan bloklarni joylashtirish sxemasi bo’yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o’tish yo’li qoldirilishi hisobga olinadi. Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor yostiqlari
lentasida ko’ndalang va bo’ylama o’qlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun obnoskadagi simli o’qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi bo’yicha ikki chetki bloklarni o’rnatishdan boshlanadi.
Burchakdagilardan so’ng oraliq mayoq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada o’rnatiladi, ular bo’ylab poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayoq prichalkalari tortiladi. Prichalka o’rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga bloklarning navbatdagi qatoriga ko’chiriladi, uning satxi ham o’rnatilgan bu bloklar
qatori sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo’ladi.
3.Konstruktiv sxemali binolar montaji.
Ko’p qavatli sanoat binolari karkaslarini montajini karkasda P, N yoki SH shaklidagi
ramalarini qo’llash bilan osonlashtirish mumkin. U fazoviyelementlarbo’lib, 2…3 ustuni, ular orasida rigel va rigelni konsollari bor. Karkas elementlarinibutariqaechimgaegaligitutashuv joylarini vamontaj
elementlari sonini kamaytiradi. Yig’ma fazoviy konstruksiyalar bir yoki ikki qavatga tayyorlanadi, ularni tutashuv joylari qavatning 1/3 balandligi sathida, bir-biriga qulay birlashtiriladigan zonada joylashtiriladi. Ko’rsatilgan konstruksiyalarni qo’llanilganda bino karkasini montaj qilish qavatma-qavat bajarilib, quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: temir-beton karkasni rama elementlari, pardadevor panellari, ventilyasiya bloklari, tirgovich elementlari, orayopma plitalari, va to’suvchi konstruksiyalar montaj qilinadi. Balkasiz karkasda ustunlar tagiga yaxlit betondan, ustun qadamlari 6 x 6 m stakan tipidagi poydevorlarqabul qilingan. Karkasning asosiy elementlari – kvadrat kesimga ega bir yoki ikki qavatga mo’ljallangan ustunlar, ustunni yuqorisiga o’rnatiladigan o’rtasida teshigi bor kapitel, ikki yo’nalish bo’yicha kapitel ustiga o’rnatiladigan ustun usti plitalari va oraliq plitalari.
Karkas konstruksiyalari qavatlab montaj qilinib, bino qamrovlarga bo’linadi, ularning o’lchamlari binoning harorat blokiga teng bo’ladi.
Balkasiz orayopmali binolarni karkasini montaji quyidagi ketma-ketlikda oshiriladi:
• ustunlar o’rnatiladi va to’g’rilanadi;
• ustunlarniustkiqismigakapitellarkiygiziladi;
• kapitelningchetlariga to’rttalatomondan bir-biriga perpendikulyar ravishda plita to’sinlaro’rnatiladi;
• plita-to’sinni yon qirralariga tayanidigan o’rtadagi kvadrat plitalar montaj qilinadi va ular burchaklarida qo’yma detallari yoki chiqarilgan armaturalari bilan mustahkam qilib payvandlanadi.
Birinchi qavat ustunlari stakanli poydevorlarga ponasimon tiqinlar yordamida o’rnatiladi. Kesim yuzasi 400 x 400 va 500 x 500 mm bo’lgan ustunlar uchun to’rtta ponasimon tiqin, bundan katta ko’ndalang kesimli ustunlarda oltita ponasimon tiqin ishlatiladi. Ustun bilan poydevor tutashuv joyi mayda shag’al yoki shcheben qo’shib tayyorlangan markasi 300 ga teng beton quyilib, ichki vibratorlar bilan zichlanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin