1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Yer osti inshootlarini qurish uchun “grunt ichida devor” texnologiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə15/48
tarix12.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111840
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

3.Yer osti inshootlarini qurish uchun “grunt ichida devor” texnologiyasi.
Yer osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o’rnatilish chuqurligiga bog’liq holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq, ―grunt ichidagi devor va tushirilgan quduq usullaridir.
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, gruntda planda turli xil shaklga ega bo’lgan qazilmalar va transheyalar barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig’ma temir betondan iborat er osti inshootining to’suvchi konstruksiyalari barpo etiladi, so’ngra bu konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruksiyalari barpo etiladi. Mamlakatimiz amaliyotida ―grunt ichidagi devor‖ usulining bir qancha turlari qo’llaniladi:
 qoziqli, bunda to’suvchi konstruksiyalar burg’ulab to’ldirilgan vertical qator qoziqlardan tashkil topadi;
transheyali, monolit betondan yoki yig’ma temirbeton elementlardan zich devor tarzida ishlanadi.
Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi erosti inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega.
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni barpo etish mumkin:
• filtrlashga qarshi to’siqlar;
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun;
• erosti garajlari, avtomobil yo’llaridan o’tish yo’llari va kesishmalar;
• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar;
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari.
Gruntning xossalari va uning namligiga bog’liq holda devorlarni barpo qilishning ikki turi – quruq va xo’l turlari qo’llaniladi. Gruntli qorishma talab etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda devorlarni barpo etishda qo’llaniladi.
Burg’ulash qurilmasi ―grunt ichidagi devor‖ni 100 m gacha chuqurlikdagi har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi.
―Grunt ichidagi devor‖ usulini quyidagi holatlarda qo’llash maqsadga muvofiq emas:
• g’ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag’darma gruntlarda;
• oldin g’isht terimi bo’lgan, singan beton va temirbeton elementlari bo’laklari, metall konstruksiyalari bor va boshqa uchastkalarda;
• bosimli erosti suvlari yoki gruntlarning katta mahalliy filtratsiyali xududlarida.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin