1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə14/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

Vakolatlari. Ikkinchi hakam birinchi hakamning yordamchisi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda uning o‘zining mustaqil vakolatlari mavjud. Agar birinchi hakam o‘z faolyatini davom ettira olmaslik holatiga tushib qolsa, ikkinchi hakam uning vazifalarini o‘z zimmasiga olishi kerak.
Ikkinchi hakam hushtak chalmasdan turib, o‘z vakolatiga tegishli bo‘lmagan xatolarni ishora bilan ko‘rsatishi mumkin. Lekin u ushbu xatolarni birinchi hakam so‘zsiz e’tiborga olishini talab qila olmaydi.Ikkinchi hakam kotib faolyatini nazorat qilib boradi.Ikkinchi hakam zahiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi. Agar ular qoidaga xilof harakat qilishsa, buhaqida birinchi hakamga xabar beradi.Ikkinchi hakam ikki jamoa o‘yinchilari razminkasini nazorat qilib boradi.Ikkinchi hakam tanaffuslarga ruxsat beradi, ularning muddatini nazorat qiladi, noto‘g‘ri murojaat yoki talabni rad etadi.Ikkinchi hakam tanaffuslarga va o‘yinchi almashtirish sonini nazorat qilib turadi hamda bu haqida birinchi hakamga to‘liq axborot berib boradi (ikkinchi tanaffusva 5-6 almashtirishlar, o‘z vakolatidagi axborot).
Agar biror o‘yinchi jarohat olsa, ikkinchi hakam istisno tariqasida o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi yoki shu jarohat olgan o‘yinchiga 3 daqiqa tiklanish uchun imkon beradi.Ikkinchi hakam maydon yuzasi, to‘pning sifati va to‘rning qoidaga muvofiq o‘rnatilganligini nazorat qilib turadi.Ikkinchi hakam jazo chorasi ko‘rilgan jamoa a’zolarini kuzatadi va ularni qoidaga xilof harakatlari haqida birinchi hakamga xabar beradi.
Burchlari. Har bir partiyadan oldin, hatto o‘yin davomida ham o‘yinchilarni maydonda joylashish qoidasini buzmasliklarini nazorat qilib boradi va kartochkada ko‘rsatilgan joylashish raqamlariga muvofiqligini solishtiradi.Ikkinchi hakam o‘yin davomida hushtak chalish va ishora bilan quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
- raqib maydoni va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda;
- o‘yinga kiritilayotgan to‘pniqabul qilayotgan jamoa o‘yinchilari joylashish qoidasini buzganda;
- o‘zi joylashgan tomonning yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketsa;
- orqa chiziq o‘yinchisi yoki libero to‘siq qo‘yganda;
- to‘p begona jism yoki maydon yuzasiga tegsa (birinchi hakam bunday xatoni ko‘rmay qolganda).
O‘yin yakunida bayonnomaga imzo qo‘yadi.
Kotib.
Hakamlik qilish joyi. Kotib o‘z faoliyatini birinchi hakam qarama-qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashtirilgan stulga o‘tirgan holda olib boradi.
Burchlari. Kotib ikkinchi hakam bilan hamkorlikda qoidaga muvofiq o‘yin bayonnomasini yozib boradi.Kotib o‘zining hakamlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni bildirishda o‘yinni to‘xtatish kerak bo‘lib qolsa, tovushi farq qiluvchi hushtak yoki sirenadan foydalanishi mumkin.
Kotib o‘yin va partiyalar oldidan:
Bayonnomaga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotni yozadi hamda sardor va murabbiylar imzosini qo‘ydiradi.O‘yinchilarning joylashish tartibi bo‘yicha murabbiy bergan varaqdagi o‘yinchilar raqamini bayonnomaga yozadi.Agar kotib ushbu varaqni o‘z vaqtida olmasa, u zudlik bilan bu haqida ikkinchi hakamga aytadi. Varaqdagi o‘yinchilar raqami hakamlardan boshqa kishilarga sir tutiladi.
Liberoni raqami va familiyasini bayonnomada qayd etadi.
Kotib o‘yin davomida:
Yig‘ilgan ochkolarni yozib boradi va hisobning tabloda to‘g‘ri aks ettirilishini nazorat qiladi.O‘yinga to‘p kiritish navbatini nazorat qiladi. Agar navbat buzilsa, zudlik bilan bu haqida hakamlarga xabar qiladi.
Tanaffuslar va o‘yinchi almashtirishlarni bayonnomaga yozib boradi hamda buni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ikkinchi hakamga aytib turadi.Tanaffus noto‘g‘ri talab qilingan bo‘lsa, bu haqida hakamlarga xabar beradi.Hakamlarni partiya tugagani, texnik tanaffuslarning boshlanishi va tugash vaqti hamda hal qiluvchi partiyada hisob 8 bo‘lganligi haqida xabardor qiladi.Har bir ko‘rilgan jazo choralarini bayonnomada qayd etadi.Ikkinchi hakam ko‘rsatmasiga binoan o‘yinda ro‘y bergan barcha vaziyatlarni (istisno tariqasida almashtirish, turli tanaffus va boshqalarni bayonnomaga yozib boradi).
O‘yin yakunida kotib:
- yakuniy hisobni bayonnomaga yozadi;
- agar shikoyat bo‘Isa, uni bayonnomaga qayd etadi va sardorga shu shikoyat mohiyatini bayonnomada ko‘rsatishga ruxsat beradi;
- bayonnomaga imzo chekadi, sardor va hakamlarga imzo qo‘ydiradi.
Chiziq hakamlari.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin