1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)


partiyani yutgan jamoa o‘yin g‘olibi deb belgilanadi. Agar umumiy hisob 2:2 bo‘lib qolsa, hal qiluvchi (V-I partiya) partiya 15 ochkogacha 2 ochko ustunligida o‘ynaladi



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə8/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

O‘yin yutug‘i. Uch partiyani yutgan jamoa o‘yin g‘olibi deb belgilanadi. Agar umumiy hisob 2:2 bo‘lib qolsa, hal qiluvchi (V-I partiya) partiya 15 ochkogacha 2 ochko ustunligida o‘ynaladi.
Tarkibi to‘liq bo‘lmagan jamoa va o‘yinga kelmaslik. Agar jamoa rejalashtirgan o‘yindan voz kechsa, unda u o‘yinga kelmadi deb e’lon qilinadi va unga 0-3 hisobida mag‘lubiyat yoziladi, har bir partiya esa 0-25 hisobi bilan qayd etiladi.Agar jamoa uzrli sababsiz maydonga belgilangan vaqtda chiqmasa, 6.4.1 qoidasidagi holat qaytariladi.Partiyada yoki o‘yinda jamoaning tarkibi to‘liq bo‘lmasa, u partiya yoki o‘yinni yutqazgan bo‘ladi. Raqib jamoaga partiyada yoki o‘yinda g‘alaba ochkolari yoziladi. To‘liqsiz jamoa o‘zochkolarini saqlab qoladi.
Qur’a tashlash. O‘yin oldidan birinchi hakam birinchi partiyada qaysi bir jamoaga birinchi to‘p qaytarish yoki maydoncha tomonini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlaydi.Agar so‘nggi hal qiluvchi partiya bo‘lsa, qur’a qayta tashlanadi.Qur’a jamoalar sardorlari ishtirokida tashlanadi.Qur’a tashlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan sardor o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘p kiritish, to‘pni qabul qilish yoki maydoncha tomonga tashlash huquqiga ega.
O‘yinchini tayyorgarligi (chigalyozdi). Agar jamoalar uchun oldindan o‘zga maydonchada chigalyozdi qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa, unda to‘rdan oshirib chigalyozdi qilish vaqti 3 daqiqa muddatga beriladi. Aks holda ushbu chigalyozdi uchun 5 daqiqa beriladi. Agar ikki jamoa sardorlari kelishilgan holda to‘rdan oshirilib chigalyozdi o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unda jamoalarga 6 yoki 10 daqiqa vaqt berilishi mumkin.
Maydonda jamoaning joylashishi (sxema 9). O‘yinda har bir jamoadan faqat 6 o‘yinchi ishtirok etadi.Jamoaning dastlabki joylashishi o‘yinchilarning joy almashish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib butun partiya davomida saqlanishi lozim.Har bir partiya oldidan murabbiy o‘yinchilarning maydonchada joylashish tartibini kartochkaga yozib va imzo qo‘yib, ikkinchi hakamga yoki kotib-hakamga taqdim etishi lozim.Dastlabki joylashishda o‘rin ololmagan o‘yinchilar, shu partiyaning zahiradagi o‘yinchilari hisoblanadi (“Libero‘’dan tashqari).Joylashish kartochkasi taqdim etilgandan so‘ng ushbu kartochkaga o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Lekin o‘yinchi rasmiy almashtirilishi mumkin.
O‘yinda joylashish tartibi joylashish kartochkasida ko‘rsatilgan raqamlarga to‘g‘ri kelmasligi. Agar kartochkada qayd etilgan o‘yinchilar o‘rniga boshqa o‘yinchi kirib qolsa, joylashish kartochkasida ko‘rsatilgandek to‘g‘rilab qo‘yilishi lozim. Buning uchun jazo qo‘llanilmaydi.Agar kartochkada ko‘rsatilgan joylashish tartibi o‘zgacha bo‘lsa, o‘yinchilar kartochkada qayd etilgandek joylashtirilishi lozim. Buning uchun ham jazo qo‘llanilmaydi.Agar murabbiy noto‘g‘ri joylashgan o‘yinchini maydonda qoldirmoqchi bo‘lsa, unda u o‘yinchi almashtirishni so‘rashi va bu bayonnomada qayd etilishi lozim.
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilarning joy almashishi.
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilar o‘z maydonchalari va zonalari chegarasida joylashgan bo‘lishlari kerak (to‘p kirituvchi o‘yinchi bundan mustasno).O‘yinchilarning joylashishi quyidagi tartib raqamlari bilan ifodalanadi:
To‘r bo‘ylab turgan uch o‘yinchi – oldi chiziq o‘yinchilari 4-, 3- va 2-zonalarda joylashadi, qolgan uch o‘yinchi orqa chiziq o‘yinchilari5-. 6- va 1-zonalarda joylashadi.
O‘yinchilarning to‘gri joylashishi:
Har bir orqa chiziq o‘yinchisi oldingi chiziq o‘yinchilaridan orqada joylashishi kerak.Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilari qoidada qayd etilganidek, gorizontal ravishda joylashishi lozim.O‘yinchilarning to‘g‘ri joylashishi ular oyoqlarining maydon yuzasida turishholatiga qarab aniqlanadi va nazorat qilinadi.
Har bir oldingi chiziq o‘yinchisi oyoqlari orqa o‘yinchilari oyoqlariga nisbatan o‘rta chiziqqa yaqin joylashishi kerak.Har bir o‘ng qanot (chap qanot) o‘yinchisi oyoqlari markaziy o‘yinchi oyoqlariga nisbatan o‘ng (chap) qanot chizig‘iga yaqin joylashishi lozim.To‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng o‘yinchilar maydonchani istalgan joyida yoki bo‘sh zonada harakatlanishlari mumkin.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin