1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə6/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

Harorat. Harorat 10oC dan kam bo‘lishi mumkin emas (50 grad. F).
FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida eng yuqori harorat 25°C dan ortiq bo‘lishi mumkin emas (77 grad. F) va eng kam harorat 16°C bo‘lishi lozim (61 grad. F).
Yorug‘lik. FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida o‘yin maydonining yorug‘ligi 1000-1500 lyuksdan (o‘yin maydonidan 1 m balandlikda o‘lchanganda)kam bo‘lishi mumkin emas.O‘yin maydonning yorug‘ligi maydoncha yuzasidan 1 m oraliqdan boshlab o‘lchanadi va 500 lyuksdan kam bo‘lishi mumkin emas.
To‘r balandligi. To‘r o‘rta chiziq ustida vertikal joylashtirilishi kerak. To‘rning yuqori chegarasi maydon yuzasidan erkaklar uchun 2,43 m va ayollar uchun 2,24 m balandlikda o‘rnalilishi lozim.
Bolalar musobaqalari uchun.
11-12 yosh 13-14 yosh 15-16yosh 17-18 yosh
O‘g‘il bolalar 220 sm 230 sm 240 sm 243 sm
Qiz bolalar 200 sm 210 sm 220 sm 224 sm
To‘rning balandligi o‘yin maydonining o‘rtasidan o‘lchanadi.To‘rni yon chiziqlar ustidan o‘lchangan balandligi belgilangan balandlikdan 2 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
To‘rning tuzilishi. To‘rning kengligi 1 metr va uzunligi 9,5 metr bo‘lib, 10x10 sm2 shaklida qora rangda to‘qilgan bo‘lishi lozim.To‘rning yuqori qismi 5 sm kenglikda gorizontal joylashgan ikki qavat oq lenta bilan tikilgan bo‘lishi kerak. Lenta, uchlari teshik bo‘lib, orasidan shnur-troso‘tkazilib, tarang tortish uchun ustunlarga maxsus taranglashtiruvchi moslamalar bilan mahkamlanadi.To‘rning pastki qismidan ham gorizontal shnur ustunlarga tarang tortiladi.
Chegaralovchi lentalar. To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlar ustidan vertikal joylashtirilgan lentalar chegaralovchi lentalar deb ataladi. Lentalar kengligi 5 sm va uzunligi 1 m bo‘lib, ular to‘r (o‘lchami) tarkibiga kiradi.
Antennalar. Antenna diametri 10 mm, uzunliga 1,8 m naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi.To‘rning ikki tomonidan joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal shaklda joylashtiriladi.Har bir antenna to‘rni yuqori qismidan 80 sm chiqib turadi va ular 10 sm kenglikda qizil-oq ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi. Mazkur antennalar maydon va to‘r o‘lchamlari tarkibining chegaralovchi belgisini anglatadi.
Ustunlar. To‘r o‘raladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqdao‘rnatiladi (3-sxema). Ustunlarning balandligi 2,55 m bo‘lib, ularning balandlikni o‘zgartirishga moslashtirilganligi maqsadga muvofiq.FIVBning rasmiy musobaqalarida to‘rni tortib turuvchi ustunlar yon chiziq ortidan 1 m oraliqda o‘rnatiladi (agar FIVBni o‘zga ko‘rsatmasi bo‘lmasa).Ustunlar – yumaloq va tekis shaklda bo‘lib,o‘yinchilarga xavf tug‘diruvchi moslamalardan holi bo‘lishi kerak. Ular maydon yuzasiga tortuvchi va taranglashtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor.
To‘p standartlari. To‘p elastik yoki sintetik charmdan ishlangan va ichki qismida rezina kameradan iborat yumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uni rangi “ochiq” bir xil yoki turli rangda bo‘lishi mumkin. Uning aylanasi 65-67 sm, og‘iriigi 260-270g, ichki bosimi 0,30 dan 0,325 kg/kv. sm (294,3 dan 318,82 mba yoki gPa)gacha bo‘lishi lozim.
To‘plarning bir xilligi. Musobaqada qo‘llaniladigan barcha to‘plar aylanasi, og‘irligi, ichki bosimi, rangi va tipi bo‘yicha bir xil standartga mos bo‘lishi shart.FIVBning jahon, kontinental va milliy musobaqalari (chempionatlari) FIVB tasdiqlagan to‘plar bilan o‘tkazilishi kerak (agar FIVB bilan o‘zga shart kelishilmagan bo‘lsa).
Beshta to‘pdan foyadalanish. Barcha rasmiy musobaqalarda beshta to‘pdan foydalaniladi. To‘p kiritayotgan o‘yinchilarni to‘p bilan ta’minlab beruvchi 6 kishi maydon atrofida joylashadi.

2.3.5. Musobaqa ishitirokchilari.


Jamoa tarkibi. Jamoa tarkibi ko‘pi bilan 14 o‘yinchidan, ya’ni bitta murabbiy, uning 2 yordamchisi, bitta massajchi va bitta shifokordan iborat bo‘ladi. O‘yinchilardan biri jamoa sardori (kapitan) bo‘lib, u musobaqa qaydnomasida belgilanishi kerak.
FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida jamoa shifokori o‘yin vaqtida jamoa o‘rindiqlaridan joy olishi uchun oldindan FIVBda akkreditatsiya qilinishi shart.O‘yinchilardan biri jamoa sardori bo‘lishi kerak va u o‘yin bayonnomasida qayd etilishi lozim. Libero sardor bo‘lishi mumkin emas.Musobaqada faqat musobaqa qaydnomasida ismi,sharifi zikr etilgan o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkin. Murabbiy va jamoa sardori musobaqa qaydnomalariga imzo chekkanlaridan so‘ng bu qaydnomaga boshqa o‘yinchilarning kiritilishi taqiqlanadi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin