1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə9/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

O‘yinchini almashtirish. Almashtirish – bu muayyan zonadagi o‘yinchining maydonni tark etishi va uning o‘rnini boshqa o‘yinchi egallashidir. Almashtirish hakamning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Bir 0‘yinchini ikkinchi o‘yinchi o‘rniga tushishi kotib shu haqida bayonnomaga yozgandan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘yinchini almashtirish chegarasi. Har bir partiyada jamoaga ko‘pi bilan 6 ta almashtirish beriladi. Bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha o‘yinchi almashtirishi mumkin.Dastlabki tarkibda joylashgan o‘yinchi maydonni bir partiyada faqat bir marta tark etib, qaytib o‘z o‘rniga kirishi mumkin.Almashtirilayotgan zahiradagi o‘yinchi har bir partiyada faqat bir marta maydonga tushishi mumkin. U maydonda qolishi yoki yana dastlabki tarkibdagi muvofiq o‘yinchi bilan qayta almashtirilishi mumkin. Aynan shunday almashtirilish 3 ta dastlabki tarkibdagi va 3 ta zahiradagi o‘yinchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
O‘yinchini istisno tariqasida almashtirish. Jarohatlanish sababli o‘yinni davom ettira olmaydigan o‘yinchi zahiradagi o‘yinchi bilan yuqorida qayd etilgan qoida asosida almashtirilishi lozim. Agar buning iloji bo‘lmasa, ya’ni jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lgan bo‘lsa, unda shu jamoaga qoidadan tashqari istisno tariqasida jarohatlangan o‘yinchini almashtirish imkoniyati beriladi.Ushbu o‘yinda jarohatlanib maydonni tark etgan o‘yinchiga maydonga qaytish huquqi berilmaydi.
O‘yinchi jazo bilan maydondan chiqarilganda almashtirish tartibi.
Maydondan jazo bilan chiqarilgan yoki diskvalifikatsiya (chetlashtirilgan) qilingan o‘yinchini almashtirish qoidadagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Noto‘g‘ri almashtirish.
Agar jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalangan bo‘lsa, o‘yinchi boshqa bir o‘yinchi o‘riniga tushsa,u holda o‘yinchi almashtirish noto‘g‘ri bo‘ladi. Lekin qoidaning 8.2.-bandi bundan istisno.
Jamoa noto‘g‘ri almashtirishga yo‘l qo‘yganda va vaziyat hal etilib, o‘yin qayta tiklanganda quyidagi qarorlar qabul qilinishi kerak:
- jamoa o‘yin vaziyatini yutqazgan hisoblanadi;
- noto‘g‘ri almashtirish to‘g‘rilanadi;
- “aybdor” jamoaning so‘nggi ochkolari bekor qilinadi. Raqib ochkolari saqlab qolinadi.
To‘p o‘yinda. Birinchi hakamning ruxsati bilan o‘yinga to‘p kiritilganda, to‘p o‘yinda deb hisoblanadi.
To‘p o‘yindan tashqarida. Hakamning hushtak chalishi bilan o‘yin to‘xtalgandan boshlab, to‘p o‘yindan tashqarida deb hisoblanadi.
To‘p “maydonda”. Tо’р maydon yuzasiga yoki chizig‘iga tekkanda, to‘p “maydonda” deb hisoblanadi.
To‘p “maydondan” tashqarida. To‘p quyidagi vaziyatlarda maydondan tashqarida deb baholanadi:
- to‘p maydonning chegaralovchi chiziqlaridan tashqarisiga tushsa;
- to‘p maydon tashqarisidagi biror jismga, shipga yoki o‘yinda ishtirok etmayotgan kishiga tegsa;
- to‘p chegaralovchi antennaga, lentaga va uni tashqarisiga (to‘rga hamda ustunga) tegsa;
- to‘p to‘rni vertikal yuzasidan tashqari (to‘rni pastki bo‘shlig‘i va chegaralovchi antennaning tashqi tomoni) joyga o‘tganda;
- to‘p to‘liq to‘rni pastki qismidan o‘tsa.
To‘p bilan o‘ynash. Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan maydon chegarasida o‘ynashi kerak (qoidaning 11.12-bandi bundan istisno).Shu bilan bir qatorda, to‘p maydondan tashqari joylardan maydon chegarasiga qaytarilib, o‘ynalishi mumkin.Har bir jamoa to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng to‘p bilan faqat 3 martagacha o‘ynashi mumkin (to‘siq qo‘yishdagi o‘ynash hisobga olinmaydi). 3-to‘p o‘ynalishida to‘p faqat raqib jamoasi maydonchasi tomon yo‘naltirilishi lozim. Agar to‘p 3 martadan ko‘p o‘ynalgan bo‘lsa, “jamoa 4 marta to‘p bilan o‘ynadi” deb xato holati qayd etiladi.
To‘p bilan o‘ynashda nafaqat ongli, maqsadli to‘p o‘ynash, balki o‘yinchi tanasiga tasodifan tegib ketgan to‘p ham e’tiborga olinadi.Har bir o‘yinchi to‘pga ketma-ket tegishi (o‘ynashi) mumkin emas.Bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch o‘yinchi to‘pga tegishi (o‘ynashi) mumkin.Agar ikki yoki uch o‘yinchi bir vatqtning o‘zida to‘p bilan o‘ynasa – bu ikki yoki uch marta to‘p bilan o‘ynaldi deb hisoblanadi (guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish bundan mustasno).
Agar bir necha o‘yinchi to‘pga intilsa, lekin bir o‘yinchi to‘p bilan o‘ynasa, bu holda to‘p bilan bir marta o‘ynalgan hisoblanadi, o‘yinchilarning bir-biri bilan to‘qnashib ketishi xato hisoblanmaydi.Agar to‘r ustida ikki o‘yinchi bir vaqtning o‘zida barobariga to‘pga tegsa va to‘p o‘yinda qolsa, unda to‘pni qabul qilayotgan jamoaga yana uch marta to‘p bilan o‘ynash huquqi beriladi. Agar shunday to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketsa, bunda qarshi tomondagi jamoa xatoga yo‘l qo‘ydi deb hisoblashadi.
Agar bir vaqtning o‘zida ikki raqib o‘yinchi to‘pni ushlab olishga yo‘l qo‘ysa, bu ikki tomonning xatosini anglatadi va o‘yin qaytariladi.Agar o‘yinchi maydon chegarasida to‘pni qabul qilish, uzatish yoki zarba berish uchun sherigiga yoki biror jismga (ustun) tayanib o‘ynasa bu xato hisoblanadi.Lekin o‘yinchi to‘pni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng o‘z inersiyasi bilan muvozanatni yo‘qotib, to‘rga tegib ketish, o‘rta chiziqdan o‘tib ketish holatiga tushib qolsa, bunda sherigi yordam berishi (ushlab qolishi) mumkin.
To‘pni o‘ynash xususiyati (to‘pga tegish). To‘pni tananing xohlagan qismi bilan o‘ynash mumkin.
To‘pni zarb bilan urish yoki uzatib o‘tkazish mumkin. To‘p xohlagan tomonga yo‘naltirilishi mumkin.To‘p tananing bir necha qismiga bir vaqtning o‘zida ketma-ket tegsa, xato hisoblanmaydi.
Istisno holatlar:
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yilayotganda to‘p ketma-ket bir yoki bir necha to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchiga tegishi mumkin.Jamoaning birinchi to‘p o‘ynashida, o‘yinchi to‘p bilan o‘ynash harakatini ijro etayotganda to‘p shu o‘yinchi tanasiga ketma-ket tegishi mumkin.
To‘p bilan o‘ynashda yuz beradigan holatlar. To‘pni to‘rt martta o‘ynash: to‘pni raqib jamoa tomoniga o‘tkazish uchun jamoa o‘yinchilari to‘p bilan 4 marta o‘ynasa xato hisoblanadi.O‘yinchi to‘p bilan o‘ynashda sherigi yordamidan foydalanishi yoki maydon chegarasidagi bir jismga tayanishi xato hisoblanadi.To‘pni ushlab olish: o‘yinchi to‘pni qisqa muddatda urib, o‘ynamasdan ushlab olsa, yoki ilib uzatsa xato hisoblanadi.
O‘yinchi to‘pni ikki marta o‘ynashi: o‘yinchi to‘pni ketma-ket ikki marta o‘ynashi yoki to‘p uning tanasining turli qismlariga ketma-ket bir necha bor tegishi xato hisoblanadi.
To‘r ustidan o‘tayotgan to‘p:
Raqib tomonga yo‘naltirilgan to‘p to‘rning ustidan qoida bilan chegaralangan kenglik oralig‘idan, ya’ni to‘rning ikki tomoniga o‘rnatilgan antennalar oralg‘idan o‘tishi lozim.
Pastdan – to‘rni yuqori chegarasidan.
Yon tomondan – antennalar oralig‘ida va faraz qilingan davomidan.
Yuqoridan – ship bo‘yicha.
Agar raqib tomoniga yo‘naltirilgan to‘p qoidaning 6.7.1.1-bandida qayd etilgan oraliq tashqarisidan o‘tib, maydonga tushmaydigan bo‘lsa, to‘p bilan 3 marta o‘ynash qoidasini buzmasdan turib, shu to‘pni o‘z maydoniga qaytarib, o‘yinni davom ettirish mumkin. Lekin bu holda:
To‘pni o‘z maydonchasiga qaytarayotgan o‘yinchi raqib maydonchasini bosib o‘tishi mumkin emas.
Qayd etilgan oraliq chegaralarining (antennalarning) qaysi tomonidan to‘p raqib tomoniga yo‘naltirilgan bo‘lsa, shu tomondan yana oraliq chegarasi tashqarisidan to‘p o‘z maydoniga qaytarilishi kerak.
Raqib jamoasi bu harakatga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.
Barcha hollarda ham to‘r ustidan o‘tayotgan to‘p to‘rga tegib o‘tishi mumkin.
To‘p to‘rda. O‘yin davomida to‘p to‘rga tegib, uning ustidan o‘tmasa, bunday to‘pni to‘p bilan 3 marta o‘ynash qoidasini buzmasdan o‘ynash mumkin. Agar o‘yinga kiritilayotgan to‘p to‘rga tegib o‘tmasa, bu jamoaning mag‘lubiyati hisoblanadi.Agar to‘p to‘rni teshib o‘tsa yoki uni ag‘darib yuborsa, ushbu vaziyatdagi o‘yin bekor qilinadi va to‘p o‘yinga qayta kiritiladi.
O‘yinchi to‘r oldida.
Qo‘llarni to‘r ustidan o‘tkazish:
O‘yinchi to‘siq qo‘yishda qo‘llarini to‘r ustidan raqib tomonga o‘tkazishi mumkin. Lekin hujum qilayotgan o‘yinchidan oldin to‘pga tegishi mumkin emas.To‘p bilan hujum qilishda to‘p to‘rning qoq ustida yo hujum qilayotgan o‘yinchi tomonida bo‘lishi kerak.
Tananing u yoki bu qismining to‘r tagidan o‘tishi. Tananing ayrim qismlari to‘rning pastki qismidan maydon yuzasi oralig‘idagi bo‘shliqni kesib, raqib tomoniga o‘tishi mumkin. Lekin bu holda ushbu vaziyat raqib o‘yiniga xalaqit berishi kerak emas.Raqib tomonga o‘rta chiziqni bosib o‘tish:
Oyoq yoki qo‘l bilan o‘rta chiziqni har qanaqasiga bosish mumkin, lekin shu chiziqdan to‘liq o‘tib ketish mumkin emas.
Tananing boshqa qismlari bilan raqib maydonini bosish mumkin emas.
To‘p o‘yindan chiqqandan so‘ng o‘yinchi raqib maydoniga o‘tib ketishi mumkin.
O‘yinchi raqib maydonining bo‘sh zonasiga (maydondan tashqari) raqib o‘yiniga xalaqit bermasdan o‘tib ketish mumkin.
To‘r bilan to‘qnashish. To‘r oldida o‘ynayotgan o‘yinchi to‘rga tegib ketsa xato hisoblanadi. To‘r oldida to‘p bilan o‘ynamayotgan o‘yinchi to‘rga tasodifan tegib ketsa ham xato hisoblanadi.Agar o‘yinchi to‘r ustidan zarba berib bo‘lganidan so‘ng to‘siqdan so‘ng o‘yinga xalaqit bermagan holda to‘rni chegaralovchi lentadan tashqari joyga (to‘rning davomi: tros, ustun) tegib ketsa, xato hisoblanmaydi.
Agar to‘p to‘rga urilib, shu sababli o‘yinchi tanasiga tegsa, xato hisoblanmaydi.
To‘r oldida o‘yinchining xatolari:
Raqibning zarba berishidan oldin yoki uning zarba berish vaqtida to‘siq qo‘yayotgan o‘yinchi to‘pga yoki raqib tanasiga undan oldin tegishi xato hisoblanadi. O‘yinchi to‘rni pastki qismidagi bo‘shliqdan gavdasi, qo‘li, boshi, yoki oyog‘i bilan o‘tib, raqibi o‘yiniga xalaqit bersa, xato hisoblanadi.O‘yinchi raqib maydoni tomonga o‘tib ketsa xato. O‘yinchi to‘rga tegib ketsa xato.
To‘p kiritish. To‘p kiritish – bu 1-zonada joylashgan o‘yinchi ishtirokida amalga oshiriladi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin