8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik
Voleybol maydoni. O‘yin maydoni o‘yin maydonchasi va bo‘sh (maydon) zonadan iborat. U to‘g‘ri burchak va simmetrik shaklda bo‘lishi shart. O‘lchamlari:Bo‘sh zona o‘lchamlari maydonchaning yon chiziqlaridan 3-5 m (orqa chiziqlaridan 5-8 m. Maydon yuzasidan tepaga qarab bo‘shliq – kamida 12,5 m bo‘lishi shart.Bo‘sh zona va maydon usti bo‘shlig‘ining eng kam o‘lchamlari musobaqa nizomida qayd etilishi mumkin.
Voleybol maydoni yuzasi. O‘yin maydonining yuzasi tekis, gorizontal va bir xil bo‘lishi hamda o‘yinchilar uchun hech qanday jarohat olish xavfini tug‘dirmasligi lozim. Notekis va sirpanchiq yuzali maydonda o‘ynash man etiladi.FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida o‘yin maydonining yuzasi faqat yog‘och yoki sintetik qoplamalardan iborat bo‘lishi shart. Har qanday qoplama FIVB tomonidan tasdiqlanishi lozim.Zallarda o‘yin maydonlarining yuzasi ochiq tiniq rangda bo‘lishi kerak.
FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida chegaralovchi chiziqlar rangi faqat oq rangda bo‘lishi shart. O‘yin mavdoni va uning atrofidagi bo‘shliq zona ranglari bir-biridan farq qilishi zarur.Ochiq maydonchalarda drenajni e’tiborga olgan holda har 1 metr maydon yuzasiga 5 mm qiyalik ruxsat etiladi. Maydon chiziqlarining qattiq jismlardan iborat bo‘lishi taqiqlanadi.
Maydon chiziqlari. Barcha chiziqlaming kengligi 5 sm. Chiziqlar rangi bo‘yicha “ochiq” tiniq va maydoncha yuzasi rangidan hamda ”begona” chiziqlardan keskin farq qilishi lozim.
Chegaralovchi chiziqlar O‘yin maydonchasini ikkita yon va ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. Mazkur chiziqlar maydoncha o‘lchamlariga birikadi.
O‘rta chiziq. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9x9 mo‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Bu chiziq o‘rtasidan maydonning ikki yon chiziqlarini tutashtiradi.
Hujum chizig‘i. Har bir maydonchaning hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm kesilgan chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi.FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida hujum zonasi chiziqlari yon chiziqlardan umumiy uzunligi 1,75 m bo‘lgan, 5 sm kenglikda 20 sm oraliq bilan har biri 15 sm bo‘lgan bo‘lak-bo‘lak chiziqlar bilan davom ettirilgan bo‘lishi kerak.
Zonalar va joylar Oldingi zona. Har bir maydonchaning oldingi zonalari o‘rta chiziqdan 3 m oralig‘ida parallel (o‘rta chiziqqa nisbatan) chiziq bilan chegeralangan bo‘lib, ikki yon chiziqlar bilan tutashtirilgan bo‘ladi (chiziqlar kengligi zona o‘lchamini o‘ziga biriktiradi).
Oldingi zona yon chiziqlar ortidan bo‘sh zona oxirigacha belgilanadi.
To‘p kiritish zonasi. To‘p kiritish zonasi – bu 9 mo‘lchamga teng orqa chiziqning orqa qismidir.
To‘p kiritish zonasi ikki yon chiziqning davomi shaklida 20 sm oraliqda har biri 15 sm bo‘lgan bo‘lak-bo‘lak chiziqlar bilan maydonning orqa bo‘shlig‘iga qarab chiziladi. Bu chiziqlar to‘p kiritish zonasini o‘z ichiga biriktiradi.
To‘p kiritish zonasi orqa tomonga bo‘sh zona oxirigacha davom etadi.
O‘yinchi almashlirish zonasi. O‘yinchi almashtirish zonasi – bu hakam-kotib stoli oldidagi hujum chizig‘i bilan yon chiziqning tutashgan joyni o‘z ichiga oladi.
Libero o‘yini bosish hududi. Libero o‘yini bosish hududi – u jamoalaro‘tirgan tomonda erkin hududning erkin qismi hisoblanib, hujum chizig‘i davomi bilan cheklangan bo‘ladi va yuzadagi chiziqqacha davom etadi.
Razminka(chigalyozdi mashqlari) uchun joy. FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida razminka o‘tkaziladigan joyga jamoalar o‘rindiqlari tomonidan maydoncha orqasidagi bo‘shliqdan tashqari burchakda 3x3 mo‘lchamga ega joy ajratiladl.
Maydondan chiqarilgan o‘yinchilar uchun joy. Bunday o‘yinchilar uchun orqa chiziq ortidagi bo‘sh zonaga 2 ta stul joylashtiriladi. Bu joy 5 sm kenglikdagi qizil chiziq bilan chegaralanishi mumkin.